Yosh geograflarga ta’lim
Toshkent tumanidagi 9-maktabda “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fan oyligi” qizg‘in o‘tkazilmoqda. Maktabdagi yuqori sinflar o‘rtasida turli musobaqalar, tadbirlar va ochiq darslar tashkil etildi. Jumladan, “Quvnoq ekspress”, “Zakovat”, “Sherigingni top”, “Bilimlar makoni” o‘yinlari uyushtirildi. Masalan, maktabning geografiya fani o‘qituvchisi Gulmira Dadaxo‘jayeva 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida kitobxonlik, rassomchilik va sport yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni uyushtirdi.
Muassasada “Geograflar va sayyohlar”, “O‘zbekiston davlati”, “Tabiat hodisalari” kabi qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda tumandagi barcha geografiya fani o‘qituvichlari qatnashishdi.
— 20 yillik faoliyatimdan kelib chiqib ayta olamanki, keyingi paytdagi o‘qituvchilarga berilgan imkoniyatlardan xursand bo‘lamiz. Xujjatbozlik ishlari kamayganini tan olishimiz, pudagogning o‘z ustida ishlashi uchun shart-sharoit yaratilayotganini ta’kidlash lozim. O‘quvchilarni tabiat muzeylariga sayohatlarga olib borib turaman, — deydi G.Dadaxo‘jaeva.