O‘rtachirchiqdagi maktab qurilishida 384,2 mln. so‘m mablag‘ talon-toroj qilingan
Umumiy o‘rta ta’lim
29 / 03 / 2021
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, “S.” MChJ rahbari S.K. va boshqalar tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabini kapital ta’mirlash ishlari bo‘yicha tuzilgan hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritib, amalda 384,2 mln so‘mlik qurilish montaj ishlarini bajarmasdan budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.