Toshkent viloyati XTB boshlig‘i o‘zgardi
Umumiy o‘rta ta’lim
29 / 03 / 2021
Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Azamat Jamolovich Kamolov Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Azamat Kamolov 1981-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2019-yildan 2021-yilga qadar Toshkent viloyati hokimligida turli lavozimlarda ishlagan. U viloyat hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy ma'rifiy ishlar bo‘yicha kotibiyati mudiri hamda viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
Ma'lumot uchun, 2020-yilning dekabr oyi oxirlarida Sirojiddin Qodirov Toshkent viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshlagandi.