“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarda o‘qish uchun 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi
Umumiy o‘rta ta’lim
7 / 04 / 2021
“El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston uchun eng ustuvor sohalarda, mutaxassisliklar kesimida 350 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e’lon qildi.
Jamg‘arma 2021-2022 o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar,
magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar,
doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar stipendiyalar ajratishini ma’lum qiladi.
Nomzodlarning hujjatlari 2021-yil 1-apreldan – 1-mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2021-yil 1-maydan – 20-mayga qadar davom etadi. Jarayonlar www.eyuf.uz saytida.