“Temur tuzuklari” bilimdoni
Uchquduq tumandagi 20-maktabda o‘quvchilari o‘rtasida Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Ajdodlarimizga munosib voris bo‘laylik” haftaligi doirasida “Temur tuzuklari bilimdoni” ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov juda qizg‘in savol-javoblarga boy tarzida yuqori saviyada o‘tkazildi.Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 10-umumta’lim maktab jaomasi, 2-o‘rinni 20-umumta’lim maktabi jamoasi, 3-o‘rinni 7-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi. Ushbu ko‘rik-tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan umumta’lim maktab jamoalari tuman xalq ta’limi bo‘limi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bobur MAMARAYIMOV, Uchquduq tumani xalq ta’limi bo‘limi Ma’naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi rahbari