Chustlik o‘quvchi maktabni tugatmasdan to‘qqizta oliygoh talabaligini qo‘lga kiritdi
Chust tumanidagi 52-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Sardor Alojonov muddatidan avval talabalikka qabul qilinib, tengdoshlarini hayratda qoldirdi. U boshlang‘ich sinfda o‘qiyotgan kezlaridayoq ingliz tilini puxta o‘zlashtirishga astoydil kirishgan edi. Ayni paytda ushbu xorijiy tilni bilish darajasini ko‘rsatuvchi IELTS hamda CEFR sertifikatlari mavjud. Yosh bo‘lishiga qaramay o‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan intiluvchan o‘quvchi bilim va iqtidorini amalda namoyish etib, bir vaqtning o‘zida Toshkent Xalqaro ta’lim universiteti, AQSHning Sent Luis, Buyuk Britaniyaning London, Metropoliten, Germaniyaning Iqtisodiyot universiteti, Koreyaning Pusan, Rossiyaning xalqaro iqtisodiyot hamda Malayziya, Latviya davlatlari oliygohlarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
S.Alojonov maktabni tugatgach yuqoridagi oliy ta’lim muassasalarining birida o‘qish niyatida.
Qudratilla NAJMIDDINOV (“Xalq so‘zi”)