“Buvaydada shunday maktablarimiz bor ekan, biz bilmay yurgan ekanmiz”
Yurtimizda qurilish sohasiga katta mablag‘lar ajratiladi. Eskirgan uylarni ta’mirlash, aholiga qulay sharoitlarga ega yangi turar joylar qurilishi, maktablarni ta’mirlash va hokazolar, bularning hammasiga katta pul ajratiladi, agar maktabning yoki uyning eskirganligi, sharoiti yaxshi emasligini ma’lum qilib, murojaat etilsa, albatta.
Ammo, maktablardagi muammolarni, kamchiliklarni yashirib yurganlar ham bor. Jurnalist – Sohibjon Xotamovning ma’lum qilishicha, Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabidagi sharoit achinarli ahvolda. Maktabning xonalari talabga javob bermaydi, xona poli ko‘chgan, havo issiq bo‘lgan kunlarda chang ko‘tariladi va odamning nafasini bo‘g‘adi, maktabda banday ahvoldagi xonalarning soni oltita.
Maktab o‘quvchilarining gaplariga ko‘ra, maktab direktori bu holatni jamoatchilikdan yashirib keladi, Xalq ta’limi bo‘limi tuman binosi maktab bilan bitta binoda bo‘lib, bo‘lim mudiri ham ushbu holatdan xabardor. Ammo, ular buni hech kimga ma’lum qilishni istamagan, maktab o‘quvchilari esa mas’ul shaxslarning mazkur holatga e’tibor qaratishini va o‘quvchilarga qulay ta’lim sharoitini yaratib berishlarini istaydi.
Bu holatni keng jamoatchilikdan yashirishdan maktab direktori va Xalq ta’limi bo‘limi mudiri qanday manfaatni ko‘zlagini esa noma’lum, balki ular boshlarini og‘ritgisi kelmagandir, balki o‘zlariga bu muammoni jamoatchilik e’tiboriga yoki mas’ul shaxslarning e’tiboriga ma’lum qilishni o‘zlariga ortiqcha tashvish deb hisoblagandir.
Jurnalist maktab o‘quvchilarining so‘zlarini ma’lum qilar ekan, Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan senator, Yoshlar agentligi direktorii Alisher Sa’dullayevning vaziyatga e’tibor qaratishi, maktab o‘quvchilari bilan suhbatlashishi maktab o‘quvchilarini qiynayotgan muammolarning o‘z yechimini topishiga yordam berishi mumkinligini ta’kidlaydi.
Manba: Human.uz