Toshkent viloyatida bir qancha maktablar va sinflar karantinga olindi
Joylarlardagi 18 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchi va o‘quvchilari orasida koronavirus infektsiyasini yuqtirish holatlari aniqlanganligi sababli mazkur maktablarda o‘quv jarayonlari masofaviy olib borilayapti, deb xabar berdi viloyat hokimligi axborot xizmati.
Jumladan, O‘rta Chirchiq tumanidagi 3, 54-sonli maktablar, Bo‘ka tumanidagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, Chirchiq shahridagi 8, 9-sonli, Piskent tumanidagi 36-sonli, Parkent tumanidagi 22,51-sonli, Toshkent tumanidagi 9,12,17,18-sonli hamda Olmaliq shahridagi 17-maktab, Nurafshon shahridagi 1-sonli maktablar o‘qish jarayonlarini to‘liq onlayn rejimda olib borishayapti.
Shuningdek, O‘rta Chirchiq tumanidagi 50-sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinfi, Bo‘ka tumanining 6-maktabning 8 ta sinfi va 15-maktabning ham 1 ta sinf, Zangiota tumanidagi 34 sonli umumta’lim maktabining 3 ta sinflari karantin rejimiga o‘tkazilgan.
Mazkur maktablarning 30 nafar o‘quvchilari hamda 25 nafar o‘qituvchilarda “Covid 19” kasalligi borligi aniqlangan.
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 19-aprel kuni 37 kishida koronavirus infektsiyasi aniqlangan. Shundan kunlik emlanganlar 163 nafarni, mavsum boshidan buyon viloyatda emlanganlar soni 2790 nafarni tashkil etmoqda.