Yaxshi o‘qituvchi bir oyda qancha daromad topadi?
Ichki ishlar tizimida ishlab, yana qayta o‘qituvchilik kasbini tanlagan yosh o‘qituvchi haqida...
Bilamizki, hozirgi kunda avvalgi davrlarga qaraganda o‘qituvchilarga bir qancha yengilliklar berilib, ularning oylik maoshi ham bosqichma-bosqich oshirib kelinyapti.
Bugun biz o‘z tirishqoqligi va kasbining haqiqiy mutaxasi bo‘lgan, o‘z ishi yaxshi ko‘radigan yosh o‘qituvchi haqida gapirmoqchimiz.
Suratda siz ko‘rib turgan bu yosh yigit, tirshqoq yeng muhimi fidoyi o‘qituvchilardan biri bo‘lgan O‘ktamov Otabek bo‘ladi.
Otabek Farg‘ona viloyatinig Qo‘shtepa tumanida joylashgan kimyo-biologiyaga ixtisoslashtirilgan 2-maktab internatida tarix fani o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. Ushbu maktab internati kimyo-biologiyaga ixtisoslashgan bo‘lsada, Otabekning tirishqoqligi sababli juda ko‘p o‘quvchilar tarix fani yo‘nalishidagi o‘qishlarga kirishmoqda.
Tuman miqyosida o‘tkaziladigan tanlovlarda uning tayyorlagan o‘quvchilari doimo birinchilikni olib kelishgan. Bu yil Otabekning Olimpiadaga olib chiqqan o‘quvchisi viloyat fan olimpiadasida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritib Respublika bosqichiga yo‘llanmani ham oldi.
Eng qizig‘i shundaki, Otabek yosh bo‘lishiga qaramasdan biroz muddat ichki ishlar tizimida ham ishlashga ulgurdi. U bir oy davomida IIB tizimida ishlab, yana qaytib o‘qituvchilik kasbini tanladi. Bu bilan Otabek o‘qituvchilarning obro‘si oshganligini ko‘rsatib qo‘ydi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak.
Endi Otabekning bir oyda topayotgan daromati haqida gaplashsak. Hozirda Otabek 25 soat tarix fanidan dars beradi, undan tashqari shu maktab internatda tarix fani yo‘nalishida repititorlik faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, hozirgi kunda u tumandagi eng ko‘zga ko‘ringan tarixchilardan biri hisoblanadi.
Ish joyidagi dars soatlari uchun oladigan maoshi o‘rtacha 2 mln 600 ming so‘mni tashkil etadi. Uning repititorlik kursida ayni vaqtda 65 nafar abituriyent va o‘quvchilar tahsil olib, har bir o‘quvchi bu reptitorlik kursi uchun eng kamida 60 ming so‘mdan to‘lov qilishadi.Endi daromadlarni hisoblab chiqamiz. 25 soat dars va qo‘shimcha to‘lovlar bilan 2 mln 600 ming, repititorlikdan keladigan qo‘shimcha daromad 3 mln 900 ming so‘m. Jami, 6 mln 500 ming so‘m. Hozir u ikkinchi malaka toifasi uchun pedagog xodimlar attestatsiyasiga ham jalb qilingan.
Uning niyati bu yil ikkinchi malaka toifasini olib, keyin esa yaqin yillarda imkon qadar tezroq oliy toifali o‘qituvchi bo‘lish. U «agar imkoniyat bo‘lganda bu yilning o‘zidayoq ikkinchi malaka toifasi uchun emas, balka oliy malaka toifasi uchun davogarlik qilgan bo‘lardim, chunki bunga bilimim yetarli» - deydi.
Xulosa shuki, demak yaxshi o‘qituvchi agar o‘z sohasining haqiqiy mutaxasisi bo‘lsa, bir oyda eng kamida 5-6 mln so‘m daromad topishi mumkin ekan. Agar oliy toifali o‘qituvchi bo‘lsangiz, bemalol 7-8 mln so‘m daromat topishingiz ham mumkin. Buning hammasi esa o‘zingizga bog‘liq. Siz topayotgan oylik maosh sizni qoniqtirmayaptimi, demak muammo aynan o‘zingizda.
Ulug‘bek Po‘latov, bloger