Kosonsoy olimpiadasi yakunlandi!
Kosonsoy tumanidagi 9- ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internati tashabbusi bilan Kosonsoy tuman hokimligi, tuman xalq ta’limi bo‘limlari bilan hamkorlikda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida Kosonsoy olimpiadasi o‘tkazildi.
Matematika fanidan tashkil etilgan ushbu olimpiadada tumandagi 6-7-8-sinflaridan jami 145 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.
Mazkur olimpiadaning ochilish marosimida so‘z olgan tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri M.Alloxonova, 9-IDUMI direktori M.Sultonova hamda tuman xalq ta’limi bo‘limi aniq fanlar metodisti M.Oripov ishtirokchilarga matematika fanining bugungi zamonda muhim soha ekanligi, bu fanni puxta o‘zlashtirgan inson ertaga kerakli mutaxassis bo‘lib yetishishini ta’kidlab, omadlar tilashdi.
Xolisona, shaffof va adolatli tarzda o‘tkazilgan Kosonsoy olimpiadasining o‘tkazilish jarayonidan barcha ishtirokchilar, ularning ustozlari va ota-onalari minnatdor bo‘lishdi.
Olimpiadaning tantanali yakuniy tadbirida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, 1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchilar maktab ma’muriyati, tuman xalq ta’limi bo‘limi va tuman soliq inspeksiyasi sektori rahbarlari tomonidan olimpiada medallari, diplomlar bilan taqdirlanishdi. Faol ishtirokchilar esa sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Jumladan, 6-sinf o‘quvchilari o‘rtasidaga musobaqada 1-o‘rinni tumandagi 52-maktab o‘quvchisi Ma’rufjon Mo‘minjonov, 2-o‘rinni 28-maktab o‘quvchisi Abdug‘ani Abdusalomov, 3- o‘rinni 6-maktab o‘quvchisi Azizxon Olimxonov egalladi.
Shuningdek, 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasidaga musobaqada 24-maktab o‘quvchisi Abduvali Abduqahharov faxrli 1-o‘rinni, 48-maktab o‘quvchisi Shoxsanam Qo‘ziboeva 2-o‘rinni, 15-maktab o‘quvchisi Shaxlo Abduraxmonova 3-o‘rinni egalladi.
8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida esa 1-o‘rinni 52-maktab o‘quvchisi Axliyor Murodillayev, 2- o‘rinni 28-maktab o‘quvchisi Saidjon Abduqahhorov, 3-o‘rinni 27-maktab o‘quvchisi Anvarjon Abdujabborov egalladi.
Mukarramxo‘ja ORIPOV,
Kosonsoy tuman xalq ta’limi bo‘limi aniq fanlar metodisti