7-DIMIDA ISLOHOTLAR
Prezidentimizning “besh tashabbus” bilan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar orasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar strategiyasi Prezidentimizning 2021-yil 26-mart kunidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 50–40-sonli qaroriga asosan ta’lim muassasasida iqtidorli bolalar qobiliyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning ijod namunalarini ommaviy axborot vositalari, tuman matbuot gazetalarida keng yoritishga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, Chust tumani 7-DIMIda ham ta’limga oid yangiliklar bisyor. Maktabda turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Masalan, joriy yil 28-aprelda “Kvest” o‘yini, 1-mayda “Balli qizlar” — mohir qo‘llar to‘garagi, 8-mayda “Inson aziz, xotira muqaddas” nomli tadbir, may oyida “5 muhim tashabbus amalda” shiori ostida o‘quvchilar o‘rtasida bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.
— Namangan viloyati, Chust shahri Alijon Shermatov rahbarligidagi 7-sonli DIMIda turli xil iqtidor egalarini uchratish mumkin. Kitobxon, she’riyat ixlosmandlari-yu ijodkorlar talaygina. Mamadaliyeva Aziza — Namangan viloyati “Men muallifman” ko‘rik-tanlovining “Eng yaxshi Vatan haqida yozilgan she’r muallifi” nominatsiyasi g‘olibasi. Muddatidan oldin o‘qishga qabul qilinganlar, qolaversa olimpiadada faxrli o‘rinlarni egallab, IT yo‘nalishini tanlagan yoshlar ham ko‘p. Aliyev Umidjon Janubiy Koreyaga, Muxammadjonov Abdurauf Rossiyaga, Nosirxonov Sarvarxon Angliyaga, Usmonov Sarvarbek Amerikaga muddatidan oldin talabalikka imtiyozli ravishda qabul qilingan. Bundan tashqari, maktabimizda ingliz tili, matematika, informatika, kompyuter texnologiyalari ham chuqurlashtirib o‘tiladi.
Valijon ESHIMOV Ijodiy-madaniy
masalalar targ‘ibotchisi, Lobar YAKUBOVA
musiqa o‘qituvchisi, tarbiyachi