“A’lochilar slyoti” – MUVAFFAQIYATLAR E’TIROFI
Yunusobod tumanidagi 97-umumta’lim maktabida ta’lim sifati yuqoriligi, o‘quvchilar ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishib kelayotgani, ota-onalar va maktab hamkorligi uyushqoqlik bilan yo‘lga qo‘yilgani bilan ajralib turadi.
Maktabda mana yigirma yildirki, o‘quv yili so‘ngida “A’lochilar slyoti” o‘tkazib kelinadi. Kuni kecha o‘tkazilgan ushbu tadbirda ham yil davomida erishilgan yutuqlar e’tirof etilib, a’lochi va qator yutuqlarga erishib kelayotgan tirishqoq o‘quvchilar rag‘batlantirildi.
– Har yili an’anaviy ravishda o‘tkazadigan ushbu tadbirimizning ta’lim sifatiga ta’siri katta, deydi maktab direktori Mukarram Salimova . – Chunki har bir o ‘ quvchi maktab ahli uning muvaffaqiyatlariga ko ‘ z tikib turganini, ustozlari va do ‘ stlari, ota-onasi ishonch bilan qarayotganini his qilib turadi. O ‘ quv yili so ‘ ngida bugungidek olqish va rahmatlar olishni har bir o ‘ quvchimiz xohlaydi va bunga astoydil harakat qiladi.
Darvoqe, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi ning tuman bosqichida 97-maktab jamoasi 1-o‘rinni egallab 100 million so‘mni, shahar bosqichida 2-o‘rinni egallab 200 million so‘m mablag‘ni qo‘lga kiritdi. Mazkur tanlovda ishtirok etgan 5 nafar o‘quvchi va ularning ustozlari “A’lochilar slyoti”da taqdirlandilar.
Shuningdek, tuman olimpiyadasida g‘olib bo‘lgan 6 nafar o‘quvchi, “Besh tashabbus” yo‘nalishi bo‘yicha tumanda o‘tkazilgan tadbirlar, insholar va esselar tanlovi, vidioroliklar ijodkorlari, yosh kitobsevarlar ishtirokchilari va g‘oliblari maktab ma’muriyati tomonidan taqdirlandi. Maktab o‘quvchilari orasida sportning turli yo‘nalishlarida tuman, shahar va respublikada g‘olibligini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ham e ’ tirof etildi. 120 nafardan ortiq a’lochi o‘quvchi maqtov yorlig‘ i bilan taqdirlandi.
Bayramona tadbirda raqs to‘garagi a’zolari tomonidan vatan, maktab va o‘qituvchilarni madx etuvchi musiqiy chiqishlar, she’riy kompozitsiyalar namoyish etildi. Mahalla faollari, ota-onalar ustozlarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi. O ‘ quv yili so ‘ ngida qilingan bunday rag ‘ bat va e’tibor kelgusi o ‘ quv yilining yangi muvaffaqiyatlariga debocha bo ‘ ladi.
Zilola MADATOVA