Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganishning konseptual asoslari
Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganishning konseptual asoslari
2022-yil 25-fevral kuni Bektemir tumanidagi 290-maktabda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi, Bektemir tumani hokimligi hamda Bektemir tumani xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida “Ta’limda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodini o‘rganishning konseptual asoslari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
Anjumanga Bektemir tumani hokimi Tapil Maham m adziy o yev, Chirchiq davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari doktori Safo Matchonov, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti do ts entlari Abdumurod Tilovov, Farhod Jumayev, turkiyalik adibiyotshunos olim Mustafo Kuzuju, afg‘onistonlik adabiyotshunos tadqiqotchi doktorantlar Quvonch Ehsonulloh, Zohed Zohir, navoiyshunos olim Akrom Malik tashrif buyurib, adabiyot ixlosmandlari va o‘qituvchilarga ma ’ ruza mashg ‘ ulotlari o ‘ tishdi . Shuningdek, ZOOM platformasi orqali Muğla sitki koçman universiteti do t senti Kenan Koch, Akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti adabiyotshunos olimlari, xususan, pedagogika fanlari nomzodi, do t sent Ahlilloyev Turdimurod Ahlilloyevich “Inson va uning kamoloti Alisher Navoiy asarlarining yetakchi g‘oyasi” mavzusida, filologiya fanlari nomzodi, do t sent Feruza Qayumova “Navoiyning “Lison-ut-tayr” dostonida yetuklik va ma’naviy barkamollik talqini” mavzusida ma’ruza qilishdi.
Yaqinda anjuman qatnashchilarining materiallari to‘plam holida nashr etiladi.