BEBAHO MEROS
Mirzacho‘l tumani 9-maktabda so‘z mulkining sultoni buyuk mutafakkur Alisher Navoiyning 582 yillik tavalludiga bag‘ishlangan “El desa Navoiyni” nomli bayram tadbiri o‘tkazildi.
Alisher Navoiyning tavulludini keng nishonlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. Tadbirga faxriy ustozlar, maktab ota-onalar qo‘mita raisi, ota-onalar ishtirok etdilar.
Ona tili va adabiyot haftaligida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari S.Do‘smatova, S.Qudratovalar tomonidan ochiq darslar o‘tilib, sinflar kesimida insholar ko‘rik tanlovi, rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
O‘quvchilar tomonidan g‘azal va ruboiylar yoddan aytilib, A.Navoiy siymosi aks ettirilgan sahnaviy ko‘rinishlar, milliy raqslar ijro etildi. Bo‘lib o‘tgan tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alar topshirildi. Ushbu tadbir o‘quvchilarda ajoyib tassurot uyg‘otdi.
M.YAKUBOV