BITIRUVCHILARNING 100 FOIZI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LDI!
BITIRUVCHILARNING 100 FOIZI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO ‘LDI!
Namanganning Mingbuloq tumanidagi 13-IDUMda ayni paytda 484 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda. Ularning 35 tasi bitiruvchilardir. Hali o‘quv yili yakunlanmay turib, 35 nafar o‘quvchi AQSh, Britaniya va BAAning yetakchi oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi. Bu esa jami bitiruvchilarning 100%i qamrab olindi degani. Maktab jamoasining bunday yutuqqa erishishdagi tajribasi, albatta, barcha uchun qiziq bo‘lsa kerak.
Ushbu m aktab-internati matematika, ingliz tili va ona tili fanlariga ixtisoslashtirilgan. Ta’lim o‘zbek va rus tillarida olib boriladi. Pedagoglar soni 30 nafar bo‘lib, ulardan 20 tasi oliy toifali, 8 nafari 1-toifali o‘qituvchilarni tashkil etadi.
Ta’kidlash joizki, 2020-2021 o‘quv yilida ham maktab-internatini 65 nafar 11-sinf bitiruvchisining barchasi muddatidan oldin dunyoning rivojlangan mamlakatlari nufuzli universitetlari talabasiga bo‘lgan edi. Shunga qaramay Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarida barchasi ishtirok etib, 22 nafari davlat granti va 43 nafari to‘lov-shartnoma asosida nufuzli oliygohlar talabalariga aylangan.
Mamlakatimizda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va xorijda ta’lim olishini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan Umidjon Abdullajonov AQShning Arizona universitetiga iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha, Elbek Rahimov va Samandar Rahimov Ogayo shtatidagi Cincinnati universiteti iqtisodiyot va xalqaro huquq yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olish uchun yuborilib, hozirda yuqori natijalar ko‘rsatib tahsil olmoqda. 2021-yil bitiruvchilaridan Xondamir Mahmudov Angliya, Humoyun Hamidov Polsha davlatida oliy ta’limni davom ettirmoqda. Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida maktab-internat bitiruvchilaridan Zufarbek Valijonov Janubiy Koreya va O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan KIUF 100% li grant asosida o‘qishga qabul qilindi. Jamg‘armaning 2022-yilda o‘tkazilgan tanlovlarida Sa’dulloh Nazrullayev AQShning nufuzli universitetlarida o‘qish uchun grant sohibi bo‘ldi. Hozirda 10-11 sinf o‘quvchilaridan 15 nafari xorijiy tillarni bilish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatlarga ega .
Ushbu maktabni bitirgan Samandar Rahimov eng katta orzusi ushalganidan mamnun:
— Hozirda AQSHning Cincinnati universitetida tahsil olyabman. Bu yerga kelib ta’lim olishimga juda ko‘p omillar muhim rol o‘ynagan. Ayniqsa, tumanimizdagi 13-sonli IDUMIda o‘qishni boshlaganim-hayotimning eng mazmunli sahifasini ochib bergan. Mo‘jazgina bu ilm maskani sifatli ta’lim tizimi bilan ko‘plab iqtidor egalarini kashf etgan. Inson hayotida ota-ona singari eng mehribon va suyanch bo‘ladigan insonlarning o‘rni beqiyos, lekin ular qatori sizning yorqin kelajagingizga umid bog‘lagan ustozlar ham eng ardog‘lilar safida bo‘lishi kerak deb o‘ylayman.
Maktabda ona tili va adabiyot fanidan olimpiadachi o‘quvchi edim. 10-sinfdayoq IELTS sertifikatini qo‘lga kiritganman. 11-sinfda esa sinf rahbarim kichik guruhlarga bo‘lib, hamkorlikda ishlashga o‘rgatgan. Ingliz tili, tarix, ona tili, huquq fanlaridan sinfdoshlarimga qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tishim bilimlarimni yanada mustahkamlanishiga hissa qo‘shdi.
Hozir o‘qiyotgan universitetim men uchun faqatgina orzu edi, xolos. Biroq orzuligicha qolib ketmadi, ushaldi. Bu yerda huquq sohasi bo‘yicha ta’lim olyapman. O‘qitish tizimi, darslarning ko‘proq hayotga tatbiq etish asosida tashkil etilishi, shinam va zamonaviy xonalar mening ilmga bo‘lgan qiziqishimni yana orttirdi. Yana bir jihati, Cincinnati universiteti joylashgan hudud va uning kampuslari AQSHning eng chiroyli maskanlaridan biri deb tan olingan. Shu o‘rinda, mana shunday rivojlangan mamalakatda tahsil olishimga ko‘maklashayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi, ota-onam hamda ustozlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Albatta, bu yutuqlar o‘z-o‘zidan kelmaydi, uning zamirida ustoz va murabbiylarning, maktab ma’muriyatining mashaqqatli mehnati yotadi. Har o‘quv yilining boshida ta’lim muassasasida ta’lim berishning o‘ziga xos yo‘llarini izlash, o‘quvchilar qobiliyati va iqtidorlarini yuzaga chiqarish hamda ta’lim sifati, samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi asosida tizimli ishlab kelinmoqda. Avgust oyida o‘tkaziladigan pedagogik kengashlar oldidan har bir fan uslubiy birlashmalari tomonidan yangi o‘quv yilida o‘z fanidan yuqori natijalarga erishish va o‘quvchilarni davlat ta’lim standartlari asosida mukammal o‘zlashtirishga erishishlariga qaratilgan loyihalar ishlab chiqilib, ushbu loyihalar pedagogik kengash muhokamasiga qo‘yilgach, ta’lim tizimiga joriy qilinadi. Bunday loyihalardan eng samara lilari sifatida quyidagilarini sanab o‘tish joizdir :
− Lider o ‘ quvchilar jamoasini tashkil etish va ular bilan darsdan so ‘ ng bo ‘ sh o ‘ zlashtiruvchi o ‘ quvchilar uchun treyning mashg ‘ ulotlari o ‘ tkazish ;
− Fan olimpiadalarining maktab bosqichini o ‘ quv yili oxiriga qadar barcha sinflarda har bir fandan o ‘ tkazish va iqtidorli o ‘ quvchilarning 5-10 nafarini saralab olish hamda ular bilan muntazam shug ‘ ullanish;
− 7-sinfdan boshlab har bir sinfdagi o‘quvchilarni kelajakdagi kasbi va qiziqishlarini psixolog yordamida aniqlash hamda yo‘nalishlarga ajratish. Shu bo ‘ yicha darsdan keyingi fan to‘garaklari hamda ijodiy to ‘ garaklarda shug ‘ ullanish orqali bilimlarini to ‘ ldirib borish;
− San’at, madaniyat va sport ga qiziqqan o ‘ quvchilardan iborat klublar tashkil etish va muntazam shug ‘ ullani sh ;
− Xorijiy tillarni o‘rganishda o‘quvchilar bilim darajasiga qarab, guruhlar tashkil etilib, til bilish bo‘yicha xalqaro va milliy sertifikatga ega bo‘lgunga qadar muntazam shug‘ullanib, 10-sinf o‘quvchilarining xalqaro IELTS, SAT va CEFR sertifikatlarini qo‘lga kiritishiga erishish;
− 9-10,11-sinf o‘quvchilarini oliy ta’limga tayyorlash bo‘yicha ishchi dastur ishlab chiqish va kuchli bilimli o‘qituvchilarni jalb etgan holda ular bilan muntazam ish olib borish majburiy 3 ta fan va asosiy 2 ta fanlarni to‘liq o‘zlashtirishiga erishish;
− Har o‘quv yilida pedagogik kengash yig‘ilishi qaroriga asosan DTS bilan birgalikda bosqichma-bosqich yo‘nalishdagi asosiy fanlardan xalqaro standartlarga javob beradigan darsliklarni ta’lim joriy etib borish va o‘quvchilarning dunyoqarashini o‘stiruvchi metodlardan samarali foydalanish;
− 11-sinf bitiruvchilarini muddatidan oldin dunyoning nufuzli oliygohlari talabasi bo‘lishlari uchun yo‘nalishlar ishlab chiqish va yil yakuniga qadar 100%li ko‘rsatkichga erishish choralarini ko‘rish;
− Rivojlangan mamlakatlar oliy ta’lim muassasalaridan taklif olgan o‘quvchilarni “El-yurt umidi” tanlovi jarayonlari haqida tushunchalar berib boriladi hamda tanlov jarayonlarida ishtirok etishiga yordam berish maqsadida seminar-treyninglar o‘tkaziladi;
− O‘quvchilar nutqini o‘stirish, ularda o‘z fikrini erkin bayon eta olish ko‘nikmasini shakllantirish hamda tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish maqsadida adabiyot darslarida insholar o‘rniga “Monolog” tayyorlab, so‘zlab bera olish ko‘nikmalari shakllantiriladi;
− O‘quvchilarni turli fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar, onlayn olimpiadalar, sport musobaqalaridagi ishtiroklari muntazam ta’minlanib, shaxs sifatida shakllantirish borasida individual yondashuv tizimi joriy etilib, iqtidorini rivojlantirishga e’tibor qaratiladi;
− Kitobxonlikni targ ‘ ib qilish har bir sinfda dars mashg ‘ ulotlaridan keyin badiiy adabiyot mutolaasini o ‘ tkazib borish. Eng ko‘p kitob mutolaa qilgan sinflarning rag‘batlantirib borilishi kabi ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan shu kabi zamon bilan hamnafas tadbirlar o‘quvchilar bilimi oshishiga xizmat qilmoqda.
Qolaversa, m aktab-internat o‘quvchilari ning turli xil ko‘rik-tanlov va fan olimpiadalaridagi yutuqlari ham tahsinga sazovor. Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 31 nafar ishtirokchilardan 9-sinf o‘quvchisi Muhammadrasul Abdulhayev informatika fanidan 2-o‘rin, 9-sinf Omadbek Yusufjonov matematika fanidan 5-o‘rinni, 11-sinf o‘quvchisi Kumushxon Ahmadjonova esa kimyo fanidan 5-o‘rinlarni egalladi. Fan olimpiadalarining 2-guruh fanlaridan ishtirok etgan o‘quvchilardan 9-sinf o‘quvchisi Hilola Dolimboyeva, Madina Yo‘ldoshaliyeva, Sarvinoz Akmalxonova va Nigora Ergashevalar ijtimoiy fanlardan ishtirok etib faxrli 1-o‘rin, Doston Ahmadov 2-o‘rin, 11-sinf o‘quvchisi Dilshoda Hamidjonova va Mahliyo Ilhomjonova 3-o‘rinni egallab umumiy reytingni oshirishda o‘zlarining munosib hissasini qo‘shdi.
— Men 18 yildan buyon o ‘ quvchilarga ona tili va adabiyoti, o ‘ zbek tili fanlaridan bilim berib kelmoqdaman . Har bir d arsni mehr bilan berishga harakat qilaman, o ‘ quvchilarning og ‘ zaki va yozma nutqi ustida ko ‘ proq ishlayman , — deydi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Shahlo OShiqova. — Mantiqiy savollar va mustaqil izlanishlar bola dunyoqarashini o‘stiradi. Respublikada ommalashgan “Badiiy asar tahlilida mantiqiy va kreativ topshiriqlar” mavzusidagi metodik tavsiyam aynan ta’lim jarayonida faol qo‘llayotgan 70ta topshiriqlarimdan iborat.
Bugungi kun o ‘ quvchisi muammoga kreativ yondashishi kerak deb hisoblayman. Adabiyot fanidan insholar o‘rniga esse yoki og‘zaki monolog olishni yo‘lga qo‘yganimdan buyon o‘quvchilarning og‘zaki nutqida va erkin mulohaza yuritish borasida o‘sayotganligi sezilyapti. Qolaversa, darsdan tashqari “Kreativ notiq” klubida 9-10-11-sinf o‘quvchilari bilan faoliyat yuritib kelyapmiz. Dolzarb mavzularda qilayotgan debat va taqdimotlarimiz yuqori sinf o‘quvchilarini omma oldida so‘zlash, o‘z fikrini himoya qila olish, g‘oyalarini asoslay olish, tomoshabinlarni ishontira olish kabi ko‘nikmalarni shakllantirmoqda.
Faoliyatim davomida chiqargan kichik xulosam shuki, o‘quvchini oliy ta’limga emas, chinakam hayotga tayyorlash kerak. 5 ta fanni chuqur egallagan abituriyent emas, AKT savodxoni, rus va ingliz tilida erkin gaplasha oladigan, badantarbiyani kanda qilmaydigan, mustaqil fikri va maqsadiga ega bo‘lgan, diniy va dunyoviy qarashlari aniq, eng muhimi, ma’naviyati toza shaxs sifatida mustaqil hayotga kuzatishni maqsad qilganmiz.
O‘tgan va joriy yilda bitiruvchilarim 100% i talaba bo‘ldi. Ular yurtimizda va dunyodagi eng nufuzli universititelarda o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bir o‘qituvchi uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak. Bitiruvchilarimga bir gapni ko‘p takrorlayman: “Oliy ta’limda ham, ish faoliyatingizda ham yarq etib turishingiz kerak!”
Ushbu maqolani nashrga tayyorlash jarayonida yana bir quvonchli xabar keldi, maktab-internatining 11-sinf bitiruvchilari Kumushxon Ibrohimova 22000 dollar va Zafarjon Rahmonaliyev 44000 dollar, Turg‘unpo‘latov Ismoil 88 000 dollarlik grant yutibdi. Bu qisqacha sanab o‘tilganlari xolos. Ha, bu yoshlarning bilimi va yuturlariga havas qilsa arziydi!
Shohsanam MAHMUDOVA,
“Ma’rifat” muxbiri