"BALLI O'G'IL-QIZLAR” BELLASHUVI

Xorazm viloyati Xiva shahar 1-son umum ta'lim maktabida 2-A sinfda joriy yilning 17-mart kuni "Xush kelding Navro'z" bayramiga bag'ishlab "Balli o'g'il-qizlar” bellashuvi bo'lib o'tdi. Navro'z bayrami sayllar, bellashuvlar, musobaqalar, gullar bayrami, yangi kun, yangi yil, yilning boshi, rizq-ro'z bayrami bo'lganligi bois o'quvchilari bilan bellashuv qilib o'tkazdi. Maqsad yosh avlodga milliy bayramimiz va milliy o'yinlarimiz to'g'risida ma'lumot berish o'rgatish, yoshlikdan mehnatsevarlik, chaqqonlik, ziyraklik kabi sifatlarni rivojlantirish.Tadbir bellashuv bayramona, ko'tarinki kayfiyatda bo'lib o'tdi. Bayram so'ngida o'quvchilar nominatsiyalar bilan nomlanib rag'batlantirildi.
Anaposhsha SULTONOVA,
shu maktab o‘qituvchisi