Barkamol avlod - 2021
Barkamol avlod - 2021.
Professional taʼlim tizimida tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlar oʻrtasida tashkil etilayotgan " Barkamol avlod - 2021" sport musobaqalarining viloyat saralash bosqichida sportning "YENGIL ATLETIKA" turining 800 metr boʻyicha faxrli 1- oʻrinni Oqqoʻrgʻon tuman 2-son kasb-hunar maktabining "Avtomobillarni taʼmirlash chilangarii" kasbi, 2-kurs oʻquvchi Karimov Zuhriddin Inomiddin oʻgʻli egalladi va Respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi hamda Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi Toshkent viloyati mintaqaviy boʻlimining 1- darajali diplomi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, kasb-hunar maktabining " Qoʻriqlash-yongʻin signalizatsiya elektromontyori" kasbi, 1-kurs oʻquvchisi Abduqayumov Karimjon Alijon oʻgʻli ham 1500 metr boʻyicha faxrli 3- oʻrinni egalladi va Oʻzbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi Toshkent viloyati mintaqaviy boʻlimining 3-darajali diplomi bilan taqdirlandi.