“Baxtli diyorning – baxtli bolajonlari”
“Baxtli diyorning – baxtli bolajonlari”
Yunusobod tumanidagi 272-maktabda 4-“B” sinfo o‘quvchilari ishtirokida “Baxtli diyorning –baxtli bolajonlari ” deb nomlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Sinf rahbari Nilufar Shamsidinova boshchiligida bo‘lib o‘tgan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi. O‘quvchilar “Vatan”, “Ustoz” , “Ona” nomlarini ulug‘lab bir qancha she’rlarni yod olib, bayramga tashrif buyurgan mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘ldilar. Ayniqsa, O‘tkir Hoshimovning “Dunyoningishlari” asaridagi “Surat” hikoyasi asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishi mehmonlarning olqishiga sazovor bo‘ldi. O‘quvchilar yosh bo‘lishlariga qaramay sahna ko‘rinishini mahorat bilan ijro etdilar. O‘g‘il bolalar ijrosida aytilgan “Chipta oldin Makkaga” deb nomlangan qo‘shiq bayramga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi.
Bayram tadbirida ishtirok ketib o‘quvchilarga havas bilan boqdim. Darhaqiqat, bolajonlarimiz “Baxtli diyorning – baxtli bolajonlari” bayram davomidagi ularning ko‘zlaridagi quvonch, samimiylik, bolalarcha soddalikka har bir tashrif buyurgan mehmonlar havas bilan boqdilar.
Sinf rahbari Nilufar opaga va sinfdagi barcha o‘quvchilarning kelgusidagi ishlariga omad tilab bayram tadbiridan qaytdim.