Bolam nega sust o‘zlashtiradi?
P edagog-p sixolog huzurida
Bolam nega sust o‘zlashtiradi?
Uyimizda oilaviy muhit yaxshi, farzandimning biror kam-ko‘sti deyarli yo‘q. Ammo uning ta’lim olishiga kelsak, judayam sust o‘zlashtiradi. Uy vazifalarini sekin bajaradi, xatolarini ko‘rib ham befarq qarab qo‘yadi. Bolamni nevropotolog ko‘rigiga ham olib bordim va bosh-miya funksiyalarining ishlashini rivojlantiruvchi dori-darmonlarni ham qabul qildi. Vaholanki, barcha tibbiy tekshiruvlar me’yorida, uning organizmidagi oqsil va vitaminlar yetarli . O ‘ n to‘rt yoshli qizalog‘imning kelajagian xavotirga tushyapman. Qanday maslahat berasizlar?
Gulsanam Ahmedova,
Buka tumani
― Anglashimcha, qizingiz tabiatan bosiq, erka va tortinchoqroq bo‘lib o‘syapti. Ammo bolalikdagi qaysidir davrda uning ruhiyatiga ta’sir etuvchi voqeaning ta’siriga ham tushgan bo‘lishi mumkin. Boisi, o‘n to‘rt yoshli bolalarning, ayniqsa, qizlarning o‘ta vazminligi yoki loqaydligi ko‘proq psixologik rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Uni o‘qishga qiziqtirish yoki xatti-harakatlarini tezlashtirishiga ko‘mak berishda “Blits-o‘yin” mashg‘ulotini tavsiya etaman. Bu o‘yin o‘quvchilarda tezlik, axborotlar tizmini tahlil qilish, rejalashtirish, prognozlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Metodni amalga oshirish uchun avval biror fan mavzusi yuzasidan tayѐrlangan topshiriq, ya’ni qog‘oz-blankalarda tarqatma materiallarni alohida-alohida beriladi va ulardan materialni sinchiklab o‘rganish talab etiladi. Masalan, adabiyot fanidagi O‘.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini birgalikda mutolaa qilishingiz va natijani bilish uchun mana shu metodni qo‘llashingiz mumkin. Uning fikrlari bilan qiziqib, bahslashib suhbatga kirishasiz. Bu mashqni maktab o‘qituvchisi amalga oshirsa yanada maqsadga muvofiq. Unga o‘z bilimini baholash uchun 15 daqiqa vaqt berasiz va har bir ball uchun fikrini isbotlashini talab etasiz. Ushbu o‘yin sinfxonada bajarilsa, uning bilimi uchun guruhdoshlari ham ball qo‘yishadi. Tezkor ta’rif, tezkor bahs va baho bu usulning qoidasidir.
Aslida birgalikdagi faoliyat o‘smirga kattalarni yaxshiroq tushunishlari, tezroq axborot almashinuvi va natija uchun intilishiga yordam beradi. O‘smir o‘zida bo‘layotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muammolar haqida kattalar bilan bo‘lishishga o‘zi sezmagan tarzda ehtiyoj sezadi, lekin buni hech qachon birinchi bo‘lib o‘zi boshlamaydi. O‘smir o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala – munosabatiga qattiq norozilik bildiradi. O ‘ smirlar muloqoti nihoyasida o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Bugungi kunda yoshlarda deviant xulq atvoriga ta’sir etadigan omillarga sabab:
- oilada ota-onaning farzandlarga boʻlgan e’tiborining kamligi;
- oilada ijtimoiy muloqatning yoʻqolib borayotganligi, oʻsmir yoshdagi farzandlarini psixologik jihatdan tushunmasligi;
- kompyuter oʻyinlariga ruju qoʻyishi, ijtimoiy tarmoqlardan notoʻgʻri foydalanishlari, turli xil mintalitetimizga zid boʻlgan serial va filmlarni koʻp koʻrishlaridir.
O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning ishlarni u taqlid bilan bajaradi. O‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakllanib, rivojlanib, kamolatga erishish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarning bevosita ta’sirini tushunish mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayrlashgan, lekin kattalar hayotida hali o‘z o‘rnini topa olmagan holatda bo‘ladi. Shuning uchun ularning yonida bo‘lish va ruhan uzoqlashmaslik lozim.
Rohatoy EGAMNAZAROVA ,
Toshkent shahridagi 282-maktab psixologi