Boshlang‘ich ta’limda samaradorlik
Boshlang‘ich ta’limda samaradorlik
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 68-maktabda XTB boshlang‘ich ta’lim uslubchisi Doniyor Toshboyev tomonidan tashkil etilgan “Boshlang‘ich sinflarda ta’lim sifatini oshirish” mavzusida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Bu seminarga tumanimizdagi 90 ta maktab uslubiy birlashma rahbarlari, tuman XTB xodimlari, tuman hokimiyati vakillari va ta’lim sohasida uzoq yillar faoliyat olib borib, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan nuroniy otaxonlar hamda viloyat XTBdan Gulchehra O‘rinova, Viloyat XTXQT va MOXM dan Dildora Rabbanayevalar tashrif buyurishdi. Tumanimizda 602 ta boshlang‘ich sinflar mavjud bo‘lib, bu sinflarda 10 200 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Hozirda tumanimizga 53 nafar ustozlar , 1 nafar maktab direktori tashrif buyurgan bo ‘ lib , shundan 8 nafar o ‘ qituvchi boshlang ‘ ich sinflarda dars berib kelmoqda . Bugungi seminarimizdan ko ‘ zlangan maqsad viloyatlardan tashrif buyurgan ustozlar bilan tajriba almashish , ularning uslublarini o ‘ rganish va ularni tajribada qo ‘ llay olishdan iborat .
Tashkil etilgan ochiq ko ‘ rgazmali seminarda Andijon viloyatidan kelgan Maxfirat Egamova ustozning besh tashabbus hamda xalqaro tadqiqot baholash dasturi bo ‘ yicha ish tajribalari bilan tanishib chiqqan bo ‘ lsak , Zomin tumanidan tashrif buyurgan Zilola O ‘ ralova ustozimizning darslarda o ‘ quvchilarga qo ‘ llaydigan didaktik o ‘ yinlarining o ‘ rni haqida ma ’ lumotga ega bo ‘ ldik . Viloyat XTB dan tashrif buyurgan Gulchehra O ‘ rinova o ‘ qituvchilarning qanday ishlashi kerakligi to ‘ g ‘ risida o ‘ z fikrlari bilan o ‘ qituvchilarni faollikka chorlovchi ko ‘ rsatmalarni berib o ‘ tdi . Nafaqaga chiqqan nuroniy otaxonimiz bildirgan tilaklar , qolaversa ularning ishonchlari kasbimizga bo ‘ lgan qiziqishimizni yanada oshirdi , kuch - g ‘ ayrat bag ‘ ishladi . Seminar yakunida XTB tomonidan ustozlarimizga sovg‘alar topshirildi.
Anvar ESHAYEV,
Qo‘shrabot tumanidagi
4-maktab o‘qituvchisi