Bugun xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash tanloviga start berildi.
Bugun xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablarni aniqlash tanlov i ga start berildi.
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrda “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlashni joriy etish to‘g‘risida”gi 562-sonli qarori qabul qilingan edi.
Unga ko‘ra:
• Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi qabul qilingan.
“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tanlov har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20-sentabrga qadar Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimida maktab terma jamoasini ro‘yxatdan o‘tkazadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan maktab har yili 20-oktabrga qadar axborot tizimiga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarini kiritadi.
Har bir maktabdan bitta til bo‘yicha 1 terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7–9-sinflarda tahsil olayotgan 5 nafar o‘quvchidan tashkil topadi. Tanlov 3 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:
• I bosqich (tuman bosqichi) — har yili fevral oyida. Bunda xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkaziladi;
• II bosqich (hududiy bosqich) — har yili aprel oyida. Ushbu bosqichda quyidagilar baholanadi: ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o‘qish (reading) va leksik-grammatik ko‘nikmalari;
• III bosqich (respublika bosqichi) — har yili avgust oyida. Ushbu bosqichda quyidagilar tekshiriladi: ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan o‘tkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi.
Respublika bosqichida 1- o‘rinni qo‘lga kiritgan maktab prezident sovrini sohibi sifatida e’lon qilinadi, ular quyidagilar bilan taqdirlanadi:
Tuman (shahar) bosqichida:
• 1-o‘rin – 100 mln so‘m;
• 2-o‘rin – 75 mln so‘m;
• 3-o‘rin – 50 mln so‘m.
Hududiy bosqichda:
• 1-o‘rin – 250 mln so‘m;
• 2-o‘rin – 200 mln so‘m;
• 3-o‘rin – 150 mln so‘m.
Respublika bosqichida:
• 1-o‘rin – 500 mln so‘m;
• 2-o‘rin – 400 mln so‘m;
• 3-o‘rin – 300 mln so‘m.
Ayni paytda Chinoz tumani XTB tassarrufidagi 13-maktabda tuman bosqichi o‘tkazilmoqda. Tanlov butun respublika bo‘ylab soat 11:00da boshlangan.
Jo‘shqin Tursun ov