Buvaydalik bilimlilar
TUMAN SHAʼNINI YUKSAKKA KOʻTARAYOTGANLAR
BUVAYDA tumanida faoliyat yuritayotgan 2-VIDUMI nafaqat viloyatda, balki respublikamizda ham koʻzga koʻringan ilm dargohlaridan biri sanaladi.
Bu maktabni tamomlagan yigit-qizlar bugun eng nufuzli taʼlim dargohlarida oʻqib, eng namunali xodim sifatida yuqoritashkilotlarda mehnat qilmoqda.
Maktabning yutuqlari bisyor.
Yaqinda boʻlib oʻtgan fan olimpiadasining viloyat bosqichida bu ilm dargohining uch nafar oʻquvchisi yana yuqori marrani zabt etdi.
Maktabning 11-sinf oʻquvchisi Ozodbek Meliqoʻziyev kimyo fanidan 1-oʻrinni, 11-sinf oʻquvchisi Bobomurod Omonov biologiya fanidan 2-oʻrinni, 9-sinf oʻquvchisi Sherzod Usmonov ham biologiya fanidan 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
- Bu natijalar oʻz-oʻzidan kelgani yoʻq, - dedi kimyo fani oʻqituvchisi Boburmirzo Qurbonov, - oʻquvchilarning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ularga bugungi zamon talablariga mos taʼlim berish, yigit-qizlarni fanga qiziqtirishda eng zamonaviy pedagogogik texnologiyalarni qoʻllab dars oʻtamiz. Ularga darsdan soʻng ham qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtib, dunyoning eng taniqli olimlarining videodarslari bilan tanishtiramiz. Oʻquvchilarning mehnati bejiz ketmadi. Mana ular oʻz bilimlarini namoyon etib, imkoniyatlardan unumli foydalanib, viloyatda eng yaxshilar sifatida eʼtirof etildi.
Oʻquvchilarga Oʻzbekiston Respubilkasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yilning 9-sentyabrdagi qaroriga asosan pul mukofotlari topshirildi.