Buyuk Sohibqiron
Buyuk Sohibqiron
Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqining qadr-qimmati tiklanishi bilan bir qatorda madaniyati va tarixi ham qayta jonlantirildi. Tarixiy obidalar tarixiy-qomusiy olimlarimiz hayot yoʻllari va olib borgan ishlarini qayta oʻrganishga keng yoʻl ochildi. Shu yillar ichida qaytadan kashf etilgan shaxslardan biri, bu buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temurdir. Har yilning 9-aprel kuni esa Amir Temur tavalludi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida keng nishonlanib kelinadi.
Ana shunday maqsadda Toshkent viloyati Qibray tumani 48-umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquvchilari ishtirokida “Buyuk Sohibqiron” nomli davra suhbati oʻtkazildi. Unda maktab direktori F.Saydaxmedova, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari D.Raximova, chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash fani oʻqituvchisi O.Mallaboyev, tarix fani oʻqituvchisi A.Musurmonov, kutubxona mudiri R.Radjametovalar oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda Amir Temur hayoti davlat boshqaruvida olib borgan siyosati va maktab kutubxonasida mavjud sarkarda haqidagi asarlar haqida maʼlumot berib oʻtildi. Bobomiz timsolida oʻquvchilarda vatanparvarlik har ishda adolatli boʻlish kabi xislatlar koʻrsatib berildi.
D.RAHIMOVA,
Qibray tumanidagi 48-maktab
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari