Chiroqchi maktablarida “Gʻijduvon tajribasi”
Chiroqchi maktablarida “Gʻijduvon tajribasi” asosida dars mashgʻulotlari olib boriladi
Joriy yilning 5-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Xalq taʼlimi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligiga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtgan edi.
I jroni ta’minlash nuqtayi nazaridan, bugun Madaniyat markazi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti Maʼnaviyat-maʼrifat va kitobxonlikni rivojlantirish masalalari qoʻmitasi aʼzosi Xurshid Toʻxtayev muallifligidagi “Taʼlim sifatini oshirishda Gʻijdivon tajribasi” loyihasi taqdimoti oʻtkazildi. Tadbirda Chiroqchi tumani xalq talimi boʻlimi mudiri Farhod Jumanov boshchiligida boʻlim masʼul xodimlari va tumandagi mavjud umumtaʼlim maktablari direktorlari va oʻqituvchilari ishtirok etishdi.
Taqdimotda ishtirok etgan Chiroqchi tumani hokimi Hurram Jo‘rayev Prezidentimiz raisligida oʻtkazilgan yigʻilshda berilgan topshiriqlar ijrosini tumanda taʼminlash uchun barcha imkoniyatlar borligi, “Taʼlim sifatini oshirishda Gʻijdivon tajribasi” ni tumanda qoʻllash, buning uchun faqat oʻqituvchilar oʻz ustida yanada qattiqroq ishlashi shartligini taʼkidladi.
Shuningdek, tuman hokimi Hurram Jo‘rayev Davlat rahbarining videoselektor yigʻilishida bergan topshiriqlari asosida har chorakda namunali oʻquvchilarning ota-onasiga minnatdorchilik xati va sovgʻalar topshirilishi va bu jarayonlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilib borilishi haqida toʻxtaldi.
Tuman hokimi Hurram Jo‘rayev bilan boʻlgan suhbat davomida Xurshid Toʻxtayev umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fanlarni oʻqitishning samarali usul va vositalaridan foydalanish, oʻquvchilarning kitob bilan, ayniqsa elektron vizual audio kitoblar bilan muloqotini rivojlantirish orqali maqsadga erishish mumkinligini haqida toʻxtaldi.
Buxoro tajribasi Chiroqchida. Bir soʻz bilan aytganda endi chiroqchilik ustoz murabbiylar oʻz ustida qattiq ishlashni boshlaydi.