Direktor va ularning orinbosarlarini lavozimi boyicha toifalash vaqti kelmadimikan?
Direktor va ularning orinbosarlarini
lavozimi boyicha toifalash vaqti kelmadimikan?
Xalq talimi tizimida amalga oshirilgan va oshirilayotgan islohotlar samarasini kora boshladik. Asosiy maqsad, albatta, yurt kelajagi bolmish oquvchi yoshlarning sifatli talim olishlarini taminlashdan iborat. Bu borada qisqa muddatda yangi-yangi maktablar qurilmoqda, onlab yillar davomida etibordan chetda qolgan maktablarga har tomonlama etibor qaratilmoqda.
Albatta, barcha maqsadlar, maktab talimini rivojlantirishga qaratilayotgan ushbu yillarda, hali tizimda bazi bir etiborimizdan chetda qolib ketayotgan muammolar ham yoq emas.
Shulardan biri tizimning eng quyi rahbarlari, maktab direktori va uning orinbosarlarini lavozim vazifalariga kora toifalash masalasi. Togri, maktab rahbariyati, u yoki bu pedagogik yonalishda toifadan otish uchun attestatsiyaga jalb etilishi bor gap, lekin bugun aynan men kotarayotgan masala bu maktab direktori va ularning oquv va manaviy-marifiy masalalar boyicha orinbosarlarini maktabda olib borayotgan alohida ishlari uchun toifalashni joriy etishdir. Bu boyicha toifa berishda baholash uchun zaruriy talablarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq deb hisoblayman. Yani maktabda oqituvchilar salohiyati, bitiruvchi oquvchilarning bandligi va oliy talimga qamrovi, maktabda oquvchi va oqituvchilar ortasida manaviy-marifiy muhit, maktab oqituvchi va oquvchilarining tuman, shahar, viloyat, Respublika va xalqaro miqyosdagi tanlov, tadbirlardagi ishtiroki, maktabning obodligi, kokalamzorlashtirilgani, oquvchi yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, maktab rahbarlarining dunyoqarashi, saviyasi kabi yonalishlar.
Lavozim vazifalaridan kelib chiqib toifalash amaliyoti joriy etilsa, oylaymanki, bu pirovardida maktab rahbarlarining oz ustida koproq ishlashiga, talim sifatining yanada kotarilishiga, tizim rivojiga olib keladi.
Davron AKBAROV,
Abdulla Avloniy nomidagi Xalq talimi muammolarini
organish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot
instituti magistranti