Fan oyligi qizg‘in davom etmoqda
Fan oyligi qizg‘in davom etmoqda
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 338-maktabda bugun “ Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari” fan oyligi doirasida geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fani o‘qituvchisi Marhabo Abdurahmonova boshchiligida “Ayirboshlash va pul”, “Bozor va uning turlari”, “Bozorlar va narxlar”, “Bozor qatnashchilari”, “Oziq ovqat sanoati” kabi mavzulariga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda o‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan narsalarini narxlashdi, sotishdi, ayriboshlashdi va erkin raqobat muhitini yaratishdi. Har bir sinf uchun allohida stellar tashkil etilinib unda o‘quvchilar o‘zlari tayyorlab kelgan narsalarini sotishdi va sotib olishdi. Bunday erkin bozor munosabatida o‘qituvchilar ham faol qatnashishdi. Savdodan tushgan pullarini o‘zaro bo‘lishib olishdi. Eng ko‘p mahsulotni 6- “A” sinf o‘quvchilari olib kelib, rastani to‘ldirgan bo‘lsa , eng ko‘p foydani 8- “A” sinf o‘quvchilari qilishdi. Aytish joizki, savdodan tushgan pullari 256 000 so‘mni tashkil etdi. Tadbir juda ham ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. O‘ylaymanki, bu o‘quvchilar uchun katta amaliyot bo‘ldi. Sababi ular o‘zlari erkin sotish va sotib olish huquqiga ega bo‘ldilar. Bu kabi tadbirlar nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlashda katta hissa qo‘shadi.