Fan oyligi yakunlandi
Fan oyligi yakunlandi
Kattaqo‘rg‘on tumanida faoliyat yuritayotgan barcha maktablarning fan o‘qituvchilari o‘tgan oyni qiziqarli va foydali o‘tkazish uchun tinimsiz izlanishdi. Jumladan, 66-maktab jamoasi tom on idan aynan shu fan oyligiga mo‘ljallangan seminar tashkil etildi. Seminarda hududimizdagi barcha maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari qatnashdi. Maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi D.Abdullayeva tayyorlagan ochiq dars va sahna asarlari musiqiy kecha barcha o‘qituvchilarning olqishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari seminarda o‘qituvchilar bir-birlari bilan tajriba almashishdi. Yangi ish boshlagan pedagoglar ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan o‘qituvchilardan o‘zlari uchun foydali bo‘lgan maslahatlarni olishdi. Internet tarmoqlaridan biri bo‘lgan telegramda tuman o‘qituvchilari uchun ochilgan guruhda o‘qituvchilar oktyabr oyida tashkil etilgan ijodiy ish namunalari bilan guruhni jo‘shqinlik ruhiga chulg‘ab yuborishdi. Ta’kidlab o‘tish joizki , guruhga yuborilgan har bir dars ishlanmasi a’lo darajada bajarilgan edi. O‘z maktabida drama to‘garagini tashkil etgan o‘qituvchilarning iqtidorli o‘quvchilari bilan birgalikda sahnalashtirgan ko‘rinishlari aks etgan suratlar aynan shu fan oyligi munosabati bilan ko‘plab o‘qituvchi va o‘quvchilarni tuman miqyosida tanilishlariga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari aynan oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lgan o‘zbek tilining 32-yillik shodiyonasi hamdir. Shu munosabat bilan barcha maktab o‘quvchilari o‘rtasida “ Ona tilim — iftixorim” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. E’tirof etish darkorki, tumanga jo‘natilgan barcha insholar bir-biridan ham imlo jihatidan, ham mazmun jihatidan a’lo darajada edi. Bu insholar tanlovida 11-sinflar kesimida 76-17-32-maktabning iqtidorli o‘quvchilari, 10-sinflar kesimida 2-17-50-maktabning iqtidorli o‘quvchilari 9-sinflar kesimida 98-17-23-maktabning iqtidorli o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Yana barcha maktablar o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “ Fan oyligi ” burchaklari ham beqiyos darjada bo‘ldi. Bu fan oyligi Jarayonida deyarli har kun uzluksiz ravishda o‘qituvchilar yangi - yangi g‘oyalarga boy o‘z ishlarini taqdim etib turishdan charchashmadi. Xususan 1-2-3-4-15-17-22-34-66-81-76-65-maktab o‘qituvchilarning oily darajadagi ishlari barcha o‘qituvchilarning tahsiniga sazovor bo‘ldi. Jumladan 76-maktabda o‘tkazilgan seminarda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Nurqulova Mahfuza va uning drama to‘garagi o‘quvchilari birgalikda tayyorlagan sahna asari hammani lol qoldirdi. Mana shunday seminarlarni tashkil etish asnosida tuman o‘qituvchilari o‘rtasida do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlandi. Barcha o‘qituvchilar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan yangiliklar bilan tanishdi. Bu jarayondan hatto tumanimizning eng olis hududida joylashgan maktab o‘qituvchilari ham chetda qolishmaganlari quvonarli hol bo‘ldi .
S.XO‘JAYEVA,
Kattaqo‘rg‘on tumanidagi XTB metodisti