Farzand tarbiyasi
Shundan kelib chiqqan holda shaxs tarbiyasida pedagok tarbiyachining oʻrni ham beqiyos. TARBIYA- tarbiyachi va tarbiyalanuvchi oʻrtasida tashkil etiluvchi pedagogik faoliyat boʻlib, tarbiyalanuvchini malum bir maqsad sari, jamiyatni ijtimoiy-tarixiy tajribalariga yondashib, shaxsni har tomonlama shakllantirish, uning xulq- atvori va dunyoqarashini, ijtimoiy ongini tarkib toptirishda xalqning boy manaviy mafkuralariga yoʻnaltirilgan qizgʻin faoliyat jarayonidir. Tarbiya sanati uning nazariyasi va amaliyotidan bexabar kishilarga tanish, oson koʻrinadi. Tarbiya uchun sabr kerakligini hamma biladi. Bazilar tarbiya uchun tugʻma qobiliyat, malaka boʻlishi kerak, deyishadi. Lekin tarbiya uchun bulardan tashqari maxsus bilmlar ham kerakligini unutmaslik lozim.
Tarbiya asosida tarbiyalanuvchining ongi shakllanadi, manaviy boyligi va his-tuygʻulari rivojlanadi. Oʻzida ijtimoiy hayotda oʻz oʻrnini topish uchun zarur boʻlgan kishilar bilan oʻzaro munosabatni toʻgʻri tashkil etishga xizmat qiladigan axloqiy odatlar hosil boʻlib boradi. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yoʻnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Tarbiyada maqsadning aniqligi muhim oʻrin tutadi. Bugungi kunda yurtimizda tashkil etilayotgan tarbiyaning maqsadi-barkamol avlodni tarbiyalab, uni vatanga muhabbat ruxida xalqning eng yaxshi urf-odatlari va oilaviy ananalar ruhida, jamiyat uchun bilimdon va madaniyatli shaxs qilib voyaga yetkazishdan iborat.
Tarbiyaviy muhitni eng avval oilada toʻgʻri shakllantirish lozim. Bugungi farzandlarimizni ertaga qanday inson boʻlishi koʻp jihatdan bolalik davrini qanday oʻtgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan nimalarni olib kirganiga bogʻliq. Rivoyat qilishlaricha, bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining tarbiyasiga qachon kirishish kerakligi haqida soʻrabdi. Donishmand bolaning necha yoshga kirganini soʻrabdi. Besh yoshga toʻlganini bilib xitob qilibdi. –“Tez uyga qayt ! Bola tarbiyasida yeng kerak boʻlgan besh yilni sen boy beribsan” degan ekan.
Bola dastlabki yillarda tarbiyaning asosiy qismini tez va koʻp qabul qiladi. Va ushbu davrda yaxshilik va yomonlik tushunchalarini 90% oʻz onglariga singdirib boradilar. Oilada bolaga tarbiya berishning qator oʻziga xos usullari borki, ularga amal qilish tarbiya samaradorligini oshirib boradi. Ular quydagilar.
-Tarbiyada ota-onaning masuliyati.
-Tarbiyada birlik
-Mehnat tarbiyasi
-Ota-onaning bola tarbiyasini bogʻcha, maktab va jamoatchilik bilan olib borishi.
-Ota-onaning barcha bolalarini teng koʻrishi va ularga adolatli munosabatda boʻlishi lozim.
Shu oʻrinda pedagoglar ota-onalarga bola tarbiyasiga oid bir qancha maslaxatlarini keltiribt oʻtamiz.
1. Tarbiyaviy ishni yomon kayfiyatda boshlamang.
2. Tarbiyachida qatiyat bilan muloyimlik uygʻun boʻlishi lozim. Hamma narsa oʻz vaqtida va meyorda boʻlgani maqul.
3. Tarbiya bu- maqsadga asta sekin erishish degani. Bolaning yoshi va jismoniy imkoniyatlariga qarab talabni oshira boring.
4. Bolangizning “Ota-onam mayenga ishonishadi”, degan ishonchiga erishing. Uni quchoqlab turing. Kichik xatolari haqida kulib gapiring.
5. Bolangizni akasi, opasi yoki qoʻshni tengdoshlari bilan solishtirmang. Bolangiz hasadga oʻrganadi. Uning oʻzini oʻzi bilan solishtirib gapiring.
6. Bolangizning emas uning yaxshi yoki yomon qilmishiga baho bering. Bola va uning qilmishi bir narsa emas.
7. Biror xato qilsa, uning sabab va oqibatlarini unga yotigʻi bilan ayting. U sizdan eshitgan tahlil ia xatosini , sabab va oqibatlarini anglab yetsin. Oʻz xulosasini gapirib berishga oʻrganadi.
8. Bolangiz erishgan har bir yutuqni maqtang, qoʻllqb quvvatlang. Toki oʻzini bundanda ulkan yutuqlarga erisha olishiga energiya olsin.
9. Bolangiz biror muammo oldida turganda unga tayyor yechimni koʻrsatib qoʻymang. Oʻzi yechim topishiga imkoniyat yarating. Mustaqil fikrlashga oʻrganadi.
10. Bolangizga mustaqillik bering, tarbiyalang ammo uning har qadamini nazorat qilib, qorovullik qilib yurmang.
“Bolalik- bu koʻplab savollar, imkoniyatlar va oqibatlar davri”. Degan edi faylasuflardan biri A.Adler.
Keling bir zum bolaligimizni eslaylik. Hozirgi hayotiy tajribamiz, yutuq va kamchiliklarimizda ota-onalarimiz bergan tarbiyaning rolini eslab koʻraylik. Oʻzimizni nimalarda kuchli va nimalarda noʻnoqligimizni koʻz oldimizdan oʻtkazaylik. Ana shunda ota-onalarimiz bizni qanday tarbiyalaganliklarini oʻzimizda his qilamiz. Ularning yutuqlarini ham kamchiliklarini ham koʻramiz. Chunki bularning barchasi biz bilan yashamoqda. Bugun oʻzimiz ota-onamiz. Shuning uchun ularni tushunishimiz oson. Bizning kuchli tomonlarimiz- ularning etibor bergan, ojiz tomonlarimiz-ularning kam etibor qaratgan sifatlarimizda namayon boʻladi. Pedagog olimlar 100 dan ortiq erkak va ayollar orasida soʻrovnoma oʻtkazishgan. Unda “Siz qaytadan bola boʻlib qolsangiz ota-onangizdan qanday soʻzlarni eshitishni istardingiz” deb soʻrashganda respondentlar “Agar oʻshanda biz ota- onalarimizdan “men senga ishonaman”, “ men seni yaxshi koʻraman”, “qoʻrqma biz sen bilan”, “ xato qilishdan qoʻrqma” deb turganlarida hozirgidanda koʻra baxtli yashardik. Dunyoqarashimiz ham boshqacha boʻlar yedi”. Deya javob qilishdi.
Bu javoblardan ota-onalrga nisbatan norozilik emas balki ota-onalardgi pedagogik madaniyat deb tushinish kerak. Chunki ota-onamizdan mehribon zot yoʻq. Biroq aksar hollarda tarbiya metodlaridan bexabar boʻlishgan. Bilganlarida albatta jon deb qoʻllagan boʻlishardi.
Bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan izchil isloxotlar barcha jabhalarda oʻz natijasini koʻrsatmoqda. Jumladan talim tarbiya sohasida ham. Koʻplab talim maskanlarini barpo etilishi, malakali kadrlar tayyorlash, bir qancha oila mvrkazlarini tashkil etilishi, bunday misollarni uzoq davom ettirsa boʻladi.
Bularning barchasini tub mohiyatida farzandlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol shaxs qilib voyaga yetkazishdan iborat. Zero barkamol farzandlari bor yurt, rivojlanishdan aslo toʻxtamaydi.
Termiz davlat unversiteti 2-kurs magstiranti
Saydullayeva Mehrinoz