Geografiya darslarida amaliyot
Geografiya darslarida amaliyot
Yunusobod tumanidagi 273- umumta’lim maktab i da seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda oliy toifali geografiya fani o‘qituvchisi, Xalq ta’limi a’lochisi Lola Boltayeva “Geografiya darslarida amaliy mashg‘ulotlarni bajarish” mavzusida trening o‘tkazdi. Seminarda Yunusobod tumani XTB tabiiy fanlar metodisti X. Jalolov va Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi Aniq va tabiiy fanlar bo‘limi geografiya fani metodisti M. Hojiyeva ham ishtirok etdilar.
Boltayeva Lola tuman va shahar maktablaridagi geografiya fani ustozlariga turli interfaol metodlar orqali darslarda nazariy va amaliy bilimlarni birga olib borish yaxshi natija berishini ko‘rsatib berdi.
Lola Abduvohidovna seminar-treningda foydalangan amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilar tomonidan mavzu matnini chuqur o‘zlashtirishni, geografik xaritalar, rasmlar, sxemalar, jadvallar bilan ishlash esa ularning mavzu bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlanishini ta’minlashini, ayniqsa, statistik materiallar, diagrammalar o‘quvchini izlanishga undashini namoyon qildi. Seminarda ustozlarga ko‘pgina amaliy mashg‘ulotlar tavsiya etildi. Bu amaliy mashg‘ulotlar ustozlarda katta qiziqish uyg‘otdi.