Gullarga burkangan Zulfiya
Gullarga burkangan Zulfiya
Vatanimiz, xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan atoqli shoir va shoiralar, adiblar, fan va madaniyat namoyandalarining el-yurtimiz oldidagi ulkan xizmatlari munosib baholanib, ularning xotirasini abadiylashtirish, merosini asrab-avaylash va o‘rganish borasida izchil va keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbek xalqining sevimli shoirasi, taniqli jamoat arbobi, xalqaro tinchlik uchun kurash jarchisi Zulfiyaxonim Isroilovaning 107 yilligi munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktab-internatida joriy yilning 1-mart kuni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Donaxon Masharipova tomonidan ,,Gullarga burkangan Zulfiya” nomli tadbir oʻtkazildi. Tadbir 9-sinf o‘quvchilarining “Adiblar xiyoboni”da Zulfiyaxonim hayoti va ijodi asosida tayyorlagan videolavhani namoyish etish bilan boshlandi. Shuningdek, tadbirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Ruxsora To‘laboyeva va “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, telejurnalist Parizoda Ro‘ziboyevalar ham ishtirook etishib, Zulfiya hayoti va ijodiga doir qiziqarli ma’lumotlar berishdi.
Xalqimizning sevimli farzandi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroliovaning milliy adabiyotimizga qo‘shgan ulkan hissasi, betakror ijodiy merosi va ibratli faoliyatiga oid lavhalar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbirda o‘quvchilar Zulfiyaxonim qalamiga mansub she’rlarini mahorat bilan ijro etishdi. Dilbar navolar ohangidagi raqslar jilosi yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.