Hamkorlik ishlari
Hamkorlik ishlari
O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2022-yil 3-fevraldagi “Xalq ta’limi tizimini isloh qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” F-22-son farmoyishini ijrosini ta’minlash maqsadida yaqinda Toshkent shahar Bektemir tumanidagi 293-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Boshlang‘ich ta’lim fanlarini sifat-samaradorligini oshirish” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda professor-o‘qituvchilari p.f.n., prof. M.E.Jumayev, p.f.n., dos. X.R.Sanaqulov, PhD, v.b. dos. M.I.Toshpulatova, p.f.n., dos. A.V.Sadiqova, PhD, v.b. dos. G.O.Abduraimovalar hamda Bektemir tumani xalq ta’limi bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodisti N.A.Tadjibayeva rahbarligida barcha boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari faol qatnashdilar. O‘qituvchilarning qiziqtirgan savollariga professor-o‘qituvchilar tomonidan javoblar berildi. Seminar juda qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti “Boshlang‘ich ta’limda matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi” va Toshkent shahar Bektemir tumanida xalq ta’limi bo‘limi kelgusidagi hamkorlik ishlari doirasida istiqbol rejalar belgilab olindi.