Hunarli mingni yengar
Hunarli mingni yengar
Chilonzor tumanidagi 114-umumiy o‘rtata’lim maktabida 2021 - yil 21- dekabr kuni o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri
Joriy yilnig 21-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangn vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 114-maktabning quvvatidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan Yo‘l xaritasining 3-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi.
Dastlab maktab m’muriyati tomonidan ushbu tadbir dasturi ishlab chiqilib, taklifnomalar barcha sinflarning ota-onalari uchun telegramm kanallari orqali yetkazildi.
Tadbir o‘tkazilgan 2021-yil 21-dekabr kuni tashrif buyurgan mehmonlar muassasaning chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi H.Rasulov boshchiligida 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida harbiy liboslarda tantanali kutib olindi.
Shu bilan birga, muassasaning kirish foyesida barcha metod birlashmalar tomonidan burchaklar tashkillashtirildi va texnologiya, chizmachilik, matematika fanlaridan esa o‘quvchilarimiz tomonidan “Master klass”lar namoyish etildi.
Bundan tashqari, musiqa fani o‘qituvchisi Z.Shokirova boshchiligida 6-sinf o‘quvchilari ishtirokidagi maktabda “5 tashabbus doirasida” tashkil etilgan “Bulbulcha” to‘garagi a’zolari o‘zlarining Vatan, Ona, Maktab va Ustozni madh etuvchi qo‘shiqlari bilan tashrif buyurgan mehmonlarni mamnun etishdi.
Shuningdek, shu kuni dastur asosda barcha fanlardan ota-onalar va tashrif buyurgan mehmonlar uchun sinf rahbarlari tomonidan 1-soat Ochiq tarbiyaviy soatlar, 2-soatdan boshlab 6 soatga qadar dars jadvali bo‘yicha barcha fanlardan Ochiq darslar, 8-sinflar o‘rtasida “Zakovat” intellektual uyini, boshlang‘ich metod birlashmasi tomonidan “Yangi O‘zbekiston farzandlari” deb nomlangan tadbir, fan to‘garaklari faoliyati hamda Vazirlar Mahkamasining 343- hamda 344-sonli (22.04.2019 ydagi) qarorlari bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida tashkil etilgan pullik ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga qaratilgan mashg‘ulotlardan ochiq darslar namoyish etildi.
Shu bilan bir qatorda, maktab psixologi D.Rustamova tomonidan 8-sinf o‘quvchilari bilan “Mening- kelajakdagi kasbim”, 9-sinf o‘quvchilari bilan esa “Muvafaqqiyatga erishish yo‘llari” mavzusida treninglar tashkil etildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ijrosi yuzasidan o‘quvchilarimiz o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida muassasamizda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Sh.Abdullayeva boshchiligida tashkil etilgan “Yosh kitobxon” to‘garagi faoliyati xam yoritildi. Ushbu to‘garakka kitobxondik, she’riyat va adabiyotga qiziqqan yuqori sinf o‘quvchilarimiz a’zo bo‘lishgan.
Shuningdek, shu kuni muassasamizda yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Yosh jurnalist” to‘garagi a’zolari 10-sinf o‘quvchisi (suhandon) Komilova Malika hamda 11-sinf o‘quvchilari (operatorlar) Na’matov Begzod va Mirzoyodov Mirmuhammadlar tomonidan tadbirga tashrif buyurgan har bir mehmonlar bilan suhbatlar uyushtirilib, tashkillashtirilgan tadbir taasurotlari to‘g‘risida intervyular olindi.
Tantanali ravishda o‘tkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbiriga taklif etilgan mehmonlardan Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi Umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim bosh mutaxassisi Mirzayeva Bibidona Xonto‘rayevna tashrif buyurib, foyeda tashkil etilgan “Master klass”lar orqali darslarda olgan bilimlarini namoyish etayotan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning ishlariga baho berdilar. Shundan so‘ng barcha fanlardan dars jadvali asosida tashkillashtirilgan ochiq darslarga ham tashrif buyurib, o‘quvchilarning fanlarga oid savol-javoblar orqali bilimlarini sinab, o‘quvchilar va ularning ustozlariga o‘z taklif va tavsiyalarini berdilar. Yosh o‘quvchi-jurnalist Kamolova Malikaxon tomonidan maktab va tashkillashtrilgan tadbir to‘g‘risidaga taasurotlari haqida olingan intervyuda esa Bibidona Xonto‘rayevna muasasadagi ijobiy o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z fikrlari va yaxshi tilaklarini bildirdilar.
Bundan tashqari, ushbu tadbirga tuman xalq ta’limi metodk faoliyatni tashkil etish bo‘limi rahbari Mo‘minova Dono Qayumovna va mikrohudlar bo‘yicha ma’sul Nurmuhammedova Vasila Abdullayevna, tumandagi 164-umumta’lim maktabi ma’muriyati va bir nechta fan o‘qituvchilari ham tashrif buyurishdi hamda tashkil etilgan ochiq darslar tahlillariga kirishib, o‘quvchi va ustozlarga o‘z takliflarini berdilar. Albatta Dono Qayumovna, Vasila Abullayevna hamda 164-maktab ma’muriyati ham maktabning ta’lim jarayoni va bugungi kun faoliyatidagi o‘zgarishdari hamda muassasada olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalib, maktab rahbariyatiga o‘z tavsiya va yaxshi tilaklarini bildirdilar. Albatta ushbu mehmonlardan ham o‘quvchi-jurnalist va o‘quvchi-operatorlarimiz tomonidan qiziqarli intervyular olindi.
|Shuningdek, tashkil etilgan tadbirga 114-maktab mikrohududiga tegishli “Mevazor” MFY raisi Tillaboyev Sharofiddin, “Yakkabog‘” MFY raisi Gaziyev Xislat, “2-Qatortol” MFY raisi Sodiqov Mirzohid hamda “Bo‘rijar” MFY raisi Raxmonova Manzura opalar ham tashrif buyurishib, ustozlarimiz tomonidan tashkil etilgan ochiq darslar va tadbir tahlillariga kirishdi. Yuqori sinf o‘quvchilari bilan kelgusidagi orzulari to‘g‘risida suhbatlashib, ularga o‘z tavsiyalarini berdilar.
Taklif etilganlar orasida ko‘p sonli ota-onalar va maktab mikrohududiga kiruvchi 496-sonli Maktabgacha ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi bitiruvchilari ham tashrif buyurishib, maktabning ta’lim jarayoni, o‘quvchilar bilimi, maktab hayoti va o‘qituvchilar kasb-mahoratlari bilan tanishdilar.
Tashrif buyurgan ota-onalar maktabda o‘quvchilarga berilayotgan bilim va ularga quyilayotgan talablar to‘g‘risida gapirib, tadbirga kelganliklaridan juda mamnun ekanliklarini, farzandlarida o‘qishga nisbatan qiziqishlari, bilim olish istagi ortganligini va bunday tadbirlar, “Zakovat” intellektual uyini va “Ochiq darslar” ko‘proq uyushtirilib turishini o‘quvchi-jurnalist orqali o‘z intervyularida hamda sinf rahbarlari orqali yozma bayon etib berdilar.
Tashrif buyurgan 496-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari va tarbiyachilari ham bugungi tashriflaridan juda xursand ekanliklarini, jajji bolajonlar esa maktabga kelib o‘z opa va akalarini ko‘rib xursand bo‘lganlarini, kelgusi yilda albatta shu maktabga o‘qishga chiqishga istaklari borligini mamnunlik bilan bildirdilar.Ushbu tadbir ko‘taringki ruhda yakunlandi.