IELTS bosqichlarini bilasizmi?
Tavsiya
IELTS bosqichlarini bilasizmi?
IELTS – bu ingliz tilini bilish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan imtihon. Ushbu imtihonga mustaqil tayyorlanish imkoni bor, albatta. Agar ingliz tili sizning ona tilingiz bo‘lsa yoki tilni bilish darajangizni A-2 boshlang‘ ich (Waystage — Pre-Intermediate)dan yuqori hisoblasangiz, bu imkoniyat yanada ortadi. Ko‘pincha bu sinovdan o‘tishga xorijda o‘qishni niyat qilgan abituriyentlar hamda ingliz tili rasmiy til sanaladigan chet davlatga borib ishlamoqchi bo‘lgan kishilar harakat qilishadi.
Tayyorgarlik uchun qanday talab qo‘yi l adi?
Siz imtihonni muvaffaqiyatli topshirishni maqsad qilgan bo‘lsangiz, xohish-istakdan tashqari o‘zingiz uchun quyidagicha shart-sharoitni yaratishingiz maqsadga muvofiq:
statsionar komputer yoki noutbuk, barqaror, yuqori tezlikda ishlaydigan Internet;
IELTSga tayyorgarlik ko‘rish uchun foydali materiallar to‘plami — Cambridge IELTS (8 ta darslik);
har qanday yangiliklar radiostansiyasi yoki televizion kanal;
96 varaqli daftar, o‘chirg‘ich bilan oddiy qalam;
kuniga 2 — 3 soat bo‘sh vaqt;
ingliz tilidagi dialoglarni yoki ingliz tilida eshittirishlar va ko‘rsatuvlar yoz ishga qulay bo‘lgan MP3 pleyer yoki smartfon.
Ish rejasi
IELTS imtihoniga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashdan oldin o‘z ingliz tilini bilish darajangizni to‘g‘ri baholab olishingiz muhim. Bu jarayonda maksimalizm hissi yoki individual imkoniyatlaringizni ortiqcha baholash noto‘g‘ri, chunki siz nafaqat vaqtingizni, balki tayyorl ov kursi darsliklari va boshqa materiallar uchun mablag‘ingizni ham sarflaysiz.
Sir emas, ko‘pincha ingliz tilini o‘rta darajadan past bilganlar ham testdan o‘tishni xohlaydi. Ular ilmiy kitoblarni o‘qish va tematik materiallarni chuqur o‘rganishning o‘zi bilimni oshirish, imtihondan yuqori natija ko‘rsatish uchun yetarli, deb o‘ylashadi. Biroq bunday fikr ko‘pincha noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi, aksincha, nomzodning bilganlari hali talab darajasida emas, degan xulosaga kelinadi.
IELTS imtihonidan o‘tish bosqichlari to‘rt qismdan iborat:
listening — tinglash;
Reading — o‘qish;
Writing – yozma ish;
Speaking — so‘zlashuv nutqi.
Ta’kidlash joiz, imtihonning har bir bosqichiga alohida tayyorgarlik ko‘rish lozim. Ba’zida yozish bilan bog‘liq murakkabliklar yuzaga kelishi mumkin, shuning uchun siz mazkur birinchi bosqichga diqqat bilan tayyorgarlik ko‘rishingiz shart. Imtihon biletlarini yodlashga odatlangan bola uchun bu jarayon oson bo‘lmaydi, chunki baholash mezoni mutlaqo boshqacha tizimda ishlaydi.
Listening (Tinglash)
Tinglash sinov bosqichlari ichida eng osoni, deyiladi va bu eng sodda tayyorgarlik jarayonidir. Tayyorgarlik quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi :
asosan ingliz tilida so‘zlashuvlar o‘rtasida o‘tkaziladigan "BBC 5" kabi radio eshittirish yoki podkastlarni tinglash;
chet tilida gapirish qobiliyatini yaxshilaydigan sof ingliz tilidagi filmlarni tomosha qilish.
IELTS imtihoniga topshiruvchi nomzodlar avval matn bilan tanishishadi. Ushbu imtihon bosqichida beriladigan savollarni qisqa qilib o‘qib chiqish va ularga mos javoblarni qidirish kerak bo‘ladi. Ehtiyot bo‘lish va o‘qigan matningizga diqqatni qaratish juda muhim, aks holda fikr tushunarsiz bo‘lishi ehtimolga yaqin.
Reading (O‘qish)
Nomzod uchun nafaqat oddiy matnlarni, balki mashhur ilmiy uslubdagi jiddiy nashrlarni ham o‘qishni o‘rganish uchun testdan o‘tish muhimdir. Tayyorgarlik lug‘at yordamida matnni qayta o‘qishni o‘z ichiga oladi. O‘qish paytida xatolarni qalam bilan belgilab qo‘yish kerak, qayta o‘qiyotganda ularni oldini olishga harakat qiling.
Writing (Yozma ish)
Ushbu bosqichda siz jadvalni tavsiflashingiz va ma’lum bir mavzu bo‘yicha, shu jumladan, ma’lum miqdordagi so‘zlar bilan insho yozishingiz kerak.
Ushbu bosqichga tayyorgarlik juda qiyin, chunki siz yozgan matnning sifati, uslubini tekshira oladigan va baholay oladigan bilimdon kishi kerak. Bu ingliz tili fakultetining o‘qituvchisi bo‘lsa yana yaxshi. Internetdan olingan shu yo‘nalishdagi materiallarni va yozish tuzilishini sinchkovlik bilan o‘rganib o‘zingizning grafika hamda insholaringiz shablonlarini ushlashga intiling.
Speaking (so‘zlashuv nutqi)
Yozmadan tashqari, og‘zaki so‘zlashuv nutq imtihoni topshirig‘ini bajarayotganda, yuqori ball olish imkoniyatini oshiradigan foydali so‘zlardan va aqlli nutqlardan foydalanish muhimdir. Sinov paytida yozgan matningizni qayta o‘qish va aniqlangan xatolarni tuzatish uchun vaqt qoldirish tavsiya etiladi.
Sojida MAHAMMADIYEVA,
Toshkent shahridagi 204-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi