"Ijodkor o‘qituvchi"
"Ijodkor o‘qituvchi"
Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan videoselektorda maktab ta’limini isloh qilish bo‘yicha qator muammolar sanab o‘tilgandi. Jumladan, maktablarda eng katta muammo sifatida o‘qitish metodikasi eskirgani keltirib o‘tildi. Maktab o‘qituvchilarini yangi metodika asosida qayta tayyorlash bo‘yicha umummilliy loyiha boshlanadi. Bu umummilliy loyiha 2022—2026-yillarda Milliy o‘quv dasturi bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilib kelinmoqda. Yana bir ahamiyatli jihati o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashini rag‘batlantirish orqali ta’lim sifatini keskin oshirish mumkinligini Prezidentimiz bir nechta yaqqol misollar orqali keltirib o‘tdilar.
Kuni kecha Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi tomonidan Shayxontohur tumani 84-maktabda kimyo fani o‘qituvchilari o‘rtasida tashkil etilgan "Ijodkor o‘qituvchi" ko‘rik-tanlovi mana shu video selektordagi ko‘tarilgan masalalari ijrosiga qaratilgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Tumanlardan kelgan 12 nafar ijodkor o‘qituvchilar beshta shart bo‘yicha bellashdilar va o‘z bilim, salohiyatlarini, kreativ va ijodkor pedagog ekanliklarini namoyish etishdi. Kimyo fanini tajribalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘qituvchilar kundalik turmushda ko‘p uchraydigan moddalardan yangi mahsulot yaratib, qiziqarli laboratoriya mashg‘ulotlarini taqdim etishdi. Juda qizg‘in va hayajonli bo‘lib o‘tgan bellashuv natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Uchtepa tumanidagi 123- maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Gulova Nilufar, 2-o‘rinni 329-maktab kimyo fani o‘qituvchisi Shamsiyeva Sohiba, 3-o‘rinni Bektemir tumanidagi 290-maktab kimyo fani o‘qituvchisi Fayziyeva Mehribon hamda Yakkasaroy tumanidagi 118-maktab kimyo fani o‘qituvchi Aziza Xonova egalladi. G’oliblar Bosh boshqarmaning diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Bunday fan ko‘rik-tanlovlar va festivallar fan o‘qituvchilarini ng malaka va metod almashishlari uchun eng yaxshi vosita ekanligi ni yana bir bor isbotlashdi.