Jaholatga qarshi ma’rifat
Jaholatga qarshi ma’rifat
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2022-yil
22-apreldagi 143-sonli buyrug‘i hamda boshqarmaning 2022-yil 25-apreldagi
46-sonli buyrug‘ining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqqo‘rg‘on tuman 2-son kasb-hunar maktabida oʻquvchi yoshlar o‘rtasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi boʻyicha tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda har bir guruhdan o‘quvchilar jaholatga qarshi qanday qilib ma’rifat bilan javob berish kerakligini bunyodkor g‘oyalari orqali tasvirlab, boʻyoqlar bilan plakatlarda ifodalab ko'rsatib berdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi bo‘yicha 1-kurs, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” yo'nalishi o‘quvchisi Pardaboyev Otabek 1-o‘rin;
2- kurs “Tikuvchilik” yo'nalishi o‘quvchi Ubaydullayeva Mehriniso 2-o‘rin;
2-kurs “Bank nazoratchisi” yo'nalishi o‘quvchisi Kamolov Tohirjon 3-o‘rinni oldilar va rahbariyat tomonidan diplom, estalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Tadbir tabiat bilan bog‘liq sharoitda, ijodiy muhitda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.