KELAJAK UCHUN QADAM - OCHIQ ESHIKLAR KUNI
Ta‘lim dargohlarida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilishi yoshlarning kelajakda yaxshi bir kasb egasi bo‘lishiga turtki beradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi Qaroriga muvofiq ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada takomillashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi. Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiyani zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o’z vaqtida metodik yordamni tashkil etish ahamiyat kasb etadi. O‘qituvchilarning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirish uchun tuman tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablarida 2021-2022-o’quv yili davomida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Yangihayot tumanidagi 303-maktabda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda Shaxlo Umarova “Natriy va kaliyning,eng muhim birikmalari”, Suyarqul Hamroqulov “Смысл всей жизни”, Gulnoza Xo‘jayeva “Grafik,audio va video ma’lumotlarini izlash” kabi ochiq o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tishdi. Qolaversa, Gullola Umirova “Teri bezlari va teri xosilalari”, Maftuna Boymurodova Maftuna “Где что едят?”, Shahnoza Aminova “Masalalar yechish” mavzusida darslar o‘tishdi.
Nilufar MUXAMEDOVA, maktab direktori v., v., b.