KELAJAKKA QOʻYILGA ILK QADAM
Nurafshon shahar XTBga qarashli 4-IDUMda maktab o‘quvchilarini kasb-hunar hamda professional ta ʻ lim muassasalariga jalb etish maqsadida tashkil etilgan “ KASBLAR HAFTALIGI ” doirasida “ Kim bo'lsam ekan... ” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda deputat, Mahalla nuroniysi J.Axmedqulov, Nurafshon shahar Ma ʻ naviyat va ma ʻ rifat bo‘limi rahbari Sh.P.Rajabov, Nurafshon shahar Xalq ta ʻ limi bo‘limi psixolog metodisti N.Norimbetova ishtirok etdi.
Tadbir mehmonlari va ota-onalar o‘quvchilarning qo‘l mehnatida yasalgan ko‘rgazmalar namoyishi orqali kutib olindi. Bundan tashqari, mustaqil fikrli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashga intiluvchan o‘quvchilar o‘z chiqishlarini namoyish qilishdi. Tadbir qatnashchilari ishtirokida kuy-qo‘shiq, vatan madhiga bag‘ishlangan she ʻ rlar, sahna ko‘rinishlari, “ Qo‘g‘irchoq ” teatri namoyish etildi. Tadbir so‘nggida 11-sinf o‘quvchilari harbiycha chiqish orqali vatanparvarlik tuyg‘usini bildirishdi.
Faxriddin RAHIMOV