"Kasbim - kelajagim qanoti"
"Kasbim - kelajagim qanoti"
Oqqo‘rgon tumanidagi 8-maktabida 9-sinf bitiruvchilari bilan "Kasbim - kelajagim qanoti" shiori ostida kasbga yonaltirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuvni tashkillashtirgan maktab psixologi Nargiza Ahmedova o‘quvchilarga 9-sinfni tamomlagach, ularning oldilarida tanlash uchun turgan ikki yo‘l haqida, biri o‘qishni tanlab davom ettirish bo‘lsa ikkinchisi kasb egallash haqida tushuntirdi.
Tadbirga Oqqo‘rg‘on tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabining maxsus fan o‘qituvchisi Ilxom Yusupov bu yil 9-sinfni bitirish arafasida turgan o‘quvchi yoshlarga kasblar haqida tushuncha berdi. Kasb tanlashda adashmaslik, shoshma-shosharlik bilan bugun qaror chiqarish, mavjud barcha kasblarni ko‘rib, tanishib kelajakda aynan qaysi kasb uning bir umrlik hamrohiga aylanishi haqida batafsil ma'lumotlar berdi.
Uchrashuv shu darajada qizg‘in bo‘ldiki, o‘quvchilar ota-onalari bilan maslahatlashib, tez kunlarda birgalikdagi kengaytirilgan yangi uchrashuv tashkil etishni taklif qilishdi va bir ovozdan ma'qullandi.