Kasbiy fazilat va hunar
Kasbiy fazilat va hunar
Yunusobod tumanidagi 272-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Muhabbat Kayumova 2"B"-sinfida ona tili va o‘qish savodxonligi fanidan "Kasblar" mavzusida ochiq dars o‘tkazdi. Ochiq darsda ustozlar va ota-onalar ham qatnashishdi. Ochiq darsda mavzuga mos bir qator shartlar bajarildi. Ochiq darsda "Raqamlar so‘zlaganda" "Aqliy hujum", "Kim chaqqon", "To‘g‘risini tanla", "Kim epchil" dars usullari va innovatsion texnikalardan unumli foydalanilib, mavzu keng yoritildi. O‘quvchilar turli kasblarning vazifasi va mohiyatini o‘zlariga berilgan topshiriqlar asosida, undan tashqari qo‘shiq va she’rlar va qisqa muloqotli sahna ko‘rinishlari bilan yoritib berishdi. Ustoz dars davomida o‘quvchilarni nazorat qilish bilan yo‘naltirib turdi.
Darsga berilgan vaqt to‘g‘ri taqsimlangan. Mavzuga ko‘ra maqsad mos belgilangan. Dars so‘ngida tahlilga kirgan ustozlar o‘zlarining ijobiy fikrlarini bildirdilar.
M. Q AYuMOVA , Yunusobod tumanidagi 272- maktab o‘qituvchisi