"Kichik Vatan"
Bo‘stonliq tumanidagi 20-umumta’lim maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shoista Bobojonova 4-sinflar uchun ochiq dars o‘tdi. U yozuvchi Ashurali Jo‘rayevning "Kichik Vatan" hikoyasi asosida ko‘rgazmali vositalarga o‘z metodikasini uyg‘unlashtirdi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, o‘zaro bellashdilar. Ochiq darsda o‘quvchilar hikoyaning “Kichik Vatan" deb nomlanishini dars davomida tushunib oldilar. Darsda noan’anaviy dars metodlaridan foydalanildi. O‘quvchilarda darsda ijodiy va erkin fikrladilar. O‘z uyi, o‘z mahallasi, o‘z maktabi, o‘z Vatani, o‘z Prezidenti, o‘z tili, o‘z erki, o‘z dini borligidan faxr tuyg‘usi uyg‘ondi. Vatan haqida maqollar va she’rlar aytishdi. Dars so‘nggida o‘quvchilar o‘rtasida "Mening yurtim — mening kelajagim" mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi. Darsda barcha o‘quvchilar faol qatnashdilar va munosib rag‘batlantirildi.