Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha
"Kim yurtiga sodiq bo‘lsa mendirman o‘sha"
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 22-noyabr kunidagi 208-son bayonnomasiga asosan 2021-yil 25-noyabrda gi 25 - dekabrgacha "Yoshlar oyligi" deb e’lon qilingani munosabati bilan Andijon shahridagi 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari ni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida 7255 - sonli harbiy qism komandiri podpolkovnik A.N.Mamirov boshchiligidagi harbiy qismda mavjud qurol aslaha, texnikalar va ko‘rgazmali chiqishlari bilan maxsus guruh o‘z tadbirlarini namoyish etdilar. Maktab o‘quvchilari namoyishni katta qiziqish bilan tomosha qildilar va o‘quvchilar qalb uyg‘ondi. Vatanga muhabbat, sadoqat yanada jo‘sh urdi. Yoshlar o‘rtasida harbiy bo‘lish ishtiyoqi yanada ortdi.
Mashhuraxon SOLIYeVA ,
Andijon shahar 17-umumta ’ lim maktab matematika o‘qituvchisi