Kimsasiz joyda yolg‘iz qolsangiz…
Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi asosida mantiqiy va kreativ topshiriqlar
O‘quvchini imtihonga emas, hayotga tayyorlash qanchalik muhim ekanligini barcha o‘qituvchilar tushunib yetmoqda. 10-sinf adabiyot dasturida berilgan Jek Londonning “Hayotga muhabbat” hikoyasi asosida 10 ta mantiqiy va kreativ topshiriq tayyorladik. Topshiriqlar o‘quvchini “Yodla! Qaytar!” shaklidagi ta’limdan olib qochib, kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantiradi. Badiiy asar mutolaasiga qiziqtiradi, paydo bo‘ladigan savollarning muhokamasiga tafakkurini sozlaydi.
O‘quvchi an’anaviy savol-javoblardan ko‘ra ko‘proq bilim va ma’lumot oladi. Eng muhimi, bugungi kun talablariga javob beradi, ya’ni onlayn ta’lim jarayoni uchun mos keladigan topshiriqlar sanaladi, chunki bu topshiriqlar o‘quvchidan mustaqil izlanish, tasavvur olamini boyitish, ota-onasi bilan hamkorlikda ishlash, individual yondashuvni talab qiladi. Bu topshiriqlar ko‘chirmakashlikning oldini oladi, konspekt yoki savol tuzishga barham beradi.
1-TOPSHIRIQ
Quyidagi savollarga o‘quvchilar mantiqiy fikrlab, javob yozadilar:
Siz hayotda ayiqni ko‘rsangiz birinchi xayolingizga nima keladi?
Yo‘lovchining ayiq bilan to‘qnashuvini eslang. U ayiqni ko‘rgan zahoti nimani o‘yladi?
Ayiq insonga qarab bo‘kirganda, inson qanday himoyalandi?
Nega ayiq insondan qo‘rqdi deb o‘ylaysiz?
Siz ham ayiqni shu yo‘l bilan yenga olasizmi? Yozuvchiga ishondingizmi? Agar javobingiz “Yo‘q” bo‘lsa, o‘z tasavvuringizdagi ayiq bilan to‘qnashuvni yozing.
2-TOPSHIRIQ
Hikoya matnidan kelib chiqib yo‘lovchining tirik qolishiga sabab bo‘lgan omillarga (X) belgisini
qo‘ying.
1 Kasal bo‘ri bilan yonma-yon yurgani
2 Oltin to‘la xaltalardan voz kechgani
3 Do‘sti bilan alohida ketgani (oyog‘i singani uchun tashlab ketdi)
4 Miltig‘ini oxirgi soniyalargacha tashlamagani
5 Kaklik bolalarini tiriklayin yegani
3-TOPSHIRIQ
Ancha joydan birga kelayotgan do‘sti Bill nega yo‘lda tashlab ketdi?
Nega soppa-sog‘ Bill kemaga yetib kelolmadi, lekin oyog‘i singan yo‘lovchi yetib keldi, deb o‘ylaysiz?
Yo‘lovchi yo‘lda bo‘rilardan qolgan suyaklarni g‘ajib keldi, lekin do‘sti Billning qizg’ish suyaklarini ko‘rganida nega g‘ajimadi, och edi-ku?
4-TOPSHIRIQ
Och bo‘ri, yo‘lovchi va tabiat o‘rtasidagi o‘xshashliklarni toping:
5-TOPSHIRIQ
Ushbu yo‘lovchining yo‘liga quyidagi detallarni to‘g‘ri joylashtiring:
kaklik
oltin
ayiq
bo‘ri
tanga baliq
bug‘u
Bill
tulki
6-TOPSHIRIQ
Siz hayotingizda bo‘rini yenga olasizmi?
Hikoyadagi odam nega bo‘rini yengdi?
U bo‘rini o‘ldira olishiga qanday tushunib yetdi?
Odam bo‘rini qay tarzda o‘ldirdi?
Siz bo‘rining o‘rnida bo‘lganingizda odam o‘lishini kutarmidingiz?
7-TOPSHIRIQ
Yo‘lovchi tirik qolishga nega munosib deb o‘ylaysiz?
Undagi qaysi insoniy fazilatlar sizning e’tiboringizni tortdi?
8-TOPSHIRIQ
Yo‘lovchining o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring va bularni bir so‘z bilan izohlang.
KARABL OLTIN OVQAT SOG‘LIQ
9-TOPSHIRIQ
Kimsasiz orolda yoki tog‘da yakka qolishga tayyormisiz?
Agar shunday holat yuz bersa, qaysi fanlardan olgan bilimlaringiz kerak bo‘ladi?
Odam og‘ir sharoitda yashab qolish uchun qaysi
insoniy fazilatlarini yo‘qotmasligi kerak?
Shunday sharoitga tushib qolsangiz o‘zingizga muhim bo‘lgan 2 ta predmet, 2 ta insoniy tuyg‘uni yozing.
10-TOPSHIRIQ
Hikoyaga asoslanib quyidagi berilgan mavzuga mos rasm chizing.
1. Tabiat – insonning do‘sti.
2. Tabiat – insonning dushmani.
3. Inson – tabiat bilan uyg‘un.
Shahlo OSHIQOVA,
Mingbuloq tumanidagi 13-IDUMIning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi