Kitobsevar millatning bolalari
# Haftalik
Kitobsevar millatning bolalari
Yunusobod tuman idagi Axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” Kitobsevar millating bolalari” shiori ostida ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. “Sobirobod”, “Islomobod”, “Uch qahramon” mahallalari yoshlar yetakchilari, 72-, 259-, 260- maktab targ‘ibotchilari va faollar ishtirok etgan ushbu tadbirda bilimdon yoshlar o‘rtasida tanlov ham uyushtirildi.
— Kitoblardan o‘quvchi bilim, axloq va tarbiyani o‘rganadi, — deydi Yunusobod tuman hokimligining ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha rahbari Jasur Qodirov. — “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Baxt belgisi – bilim”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilmu ma’rifatda”, “Ilm baxt keltirar, bilim taxt keltirar”, “Hunar – oqar buloq, ilm – yonar chiroq”, “Oltin olma, bilim ol, bilim olsang, bilib ol” kabi purma’no naqllarni kitob o‘qigan kishi anglangdi. Bu hikmatlar negizidagi asl haqiqat shuki, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli va davlatli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va kitob mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir.
Tuman Axborot-kutubxona mutaxassislari Ra’no Xakimova va Saodat Yusupovalar tomonidan tashkillashtirilgan “Kutubxona – yoshlar nigohida” davra suhbatida “Islomobod”, “Sobirobod”, “Uch qahramon” mahallalarining yoshlar yetakchilari, kitobsevar yoshlar, 96-maktab kutubxona mudiri, targ‘ibotchi Shahnoza Ro‘ziyevalar ibratli tavsiyalari bilan qatnashishdi.
Haftalik doirasida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida turli rang-barang tadbirlar, jumladan, “Kitob bilan yuksalish sari” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi, “Kutubxona – ziyo maskani” kutubxona bo‘ylab sayohat, “Kitob va musiqaga oshno qalblar” badiiy va musiqiy chiqishlar, “Kutubxona – yoshlar nigohida” davra suhbati, “Siz kutgan uchrashuv” adiba Dilbar Saidova bilan uchrashuv, “Yurtim-mening chizgilarimda” rasmlar tanlovi, “Biz kitoblar bilimdonlari” viktorina o‘yinlari o‘tkaziladi.
Nasiba MUHAMMADIYEVA,
Yunusobod tuman Axborot-kutubxona markazi rahbari