KITOBXONLAR SARALANDI
“Kitob o‘qimay qo‘ygan inson fikrlashdan to‘xtaydi”, degan ekan allomalardan biri. Darhaqiqat, inson badiiy adabiyotda o‘tmishi-yu kelajagining voqea-hodisalarini ko‘radi, undagi jarayonlardan xulosa chiqarishni, hayotga teran nigoh bilan qarashni o‘rganadi. Shu sababli mamlakatimizda kitobxonlikka bo‘lgan e’tibor yanada kuchaymoqda.
Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 198-maktabda respublika “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan 12 nafar o‘quvchi o‘zaro bellashishdi. Ushbu tanlov har yili an’anaviy tarzda q adimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy maʼnaviy merosini, umumbashariy sivilizatsiya, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, ularning nodir merosini, ibratli hayoti va ijtimoiy faoliyatini har tomonlama chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida o‘tkaziladi.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar faxriy yorliq va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.
Azim AXTAMOV