KITOBXONLIK – BUYUK KELAJAK POYDEVORI!
Kitob umr yo‘llarini yorituvchi so‘nmas nur, inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbayi, unga har qanday vaziyatda hamroh bo‘luvchi do‘st.
Kitob mutolaasi insonda chin insoniy fazilatlarini shakllantirib, uning hayotda o‘z o‘rnini topishiga, jamiyatning jonkuyar a’zosiga aylanishida, dunyoqarashining kengayishida beqiyos ahamiyatga ega.
Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashsabbuslardan biri – yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha, Yangiyo‘l tumani markazida joylashgan 1-umumta’lim ta’lim maktabida 21-may “Kutubxonachilar kuni”ni keng nishonlash maqsadida, maktabimizning adabiyot o‘qituvchilari, kutunxonachilar, Yoshlar ishlar agentligi Yangiyo‘l tumani bo‘limi hamkorligida “Kitobxonlik – buyuk kelajak poydevori” Shiori ostida kitobxonlik haftaligi nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Haftalik davomida sinflararo reja asosida turli tadbir va tanlovlar tashkil etildi. 3-5-sinflar orasida “Men sevgan ertak qahramonlari” mavzusida rasmlar chizish, 6-7-sinflararo “Men sevgan kitob” mavzusidagi devoriy gazertalar tanlovi, 8-10-sinlar o‘rtasida esa “Men sevgan asar” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Shuningdek, o‘quvchilar orasida eng ko‘p kitob o‘qigan o‘quvchini, eng ko‘p kitob o‘qigan sinflarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida, anketa so‘rovnomasini o‘tkazildi. So‘rovnoma natijalari bizga nafaqat, eng ko‘p kitobxon o‘quvchini aniqlashda, balki, o‘quvchi-yoshlarni aynan qaysi yozuvchi-adiblar ijodi ko‘proq qiziqtirishini, qaysi mavzudagi asarlar yoshlarimizni ko‘proq jal etayotgani ushbu ma’lumotlar asosida maktab kutibxonasining qaysi badiiy adabiyotlarga bo‘lgan ehtiyoji aniqlandi.
Haftalik davomida tumanimizning turli mehnat jabhalarida faoliyat yuritayotgan kasb egalari, maktab o‘qituvchilari, ota-onalar o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovlar asosida, yoshlarimizga kitobxonlikka bo‘lgan mehrni uyg‘otish, mustaqil fikrlay oladigan , keng dunyoqarashli farzand tarbiyasida nafaqat maktabning, balki, ota-onalarning roli nihoyatda muhim ekanligi ma’lum bo‘ldi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degalaridek, ota-onalar oila davrasida kitob mutoolasi bilan shug‘ullanib, farzandlariga o‘rnak bo‘lishlari kerak, degan fikrlar aytib o‘tildi. Hatto, bazi suhbatdoshlarimiz har kuni ma’lum bir vaqtni “Kitob taym” deb ataluvchi kitob o‘qish uchun vaqt ajratishlari ham takidlab aytdilar.
Kitboxonlik hafaligida maktab o‘quvchilari orasida “Kutubxonaga sovg‘am” chaqirig‘i bilan marafon e’lon qilinib, hadya kitoblar asnosida kutubxona zaxirasi 872 ta badiiy kitoblar bilan boyitildi.
Bugun esa maktabimiz har doimgidan ham gavjumroq. Bugun “Kitobxonlik haftaligi”ning yakuni.
Faollar zalida tumanimizda turli sohalarda hizmat qilayotgan kitobsevar, adabiyot muhlislari, ijodkor-ziyolilar, maktabning kitobsevar uztozlari va o‘quvchilar, hamda tadbir mehmonlari jam bo‘lgan. Bayram munosabati bilan kutubxonadagi yangi kitoblar – yosh ijodkorlar, jaxon adabiyoti durdonalaridan, taniqli yozuvchi va shoirlar ijodidan kitoblar ko‘rgazmasi, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar, ertak qahramonlari suratlari galereyasi tashkil etildi.
Iqtidorli o‘quvchilarimiz ishtirokida kitobsevarlikni, limning hosiyatini targ‘ib qiluvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari tashkil etildi. Ushbu sahna ko‘rinishlarida yosh ijodkorlarning asarlarining taqdimoti yoritildi.
Aytish kerakki, tadbir o‘quvchi-yoshlar, ishtirokchilar qalbida kitob o‘qishga mehrni shakllantirishda o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘ldi.
Tadbir so‘ngida 9-“E” sinf o‘quvchisi Shodiyev Sanjarbek “Eng yaxshi kitobxon” nominatsiyasi g‘olibi, 10-“G” o‘quvchilari “Eng yaxshi devoriy gazeta” g‘olibi, 9-“A” sinf o‘quvchisi Serikbayeva Dinara “Eng ijodkor o‘quvchi”, 8-“G” sinf o‘quvchilari “Eng faol sinf”, 9-“E” sinf o‘quvchisi Sardorova Robiya “Eng yaxshi insho” tanlovi g‘olibi, 10-“D” sinf o‘quvchilari “Eng quvnoq devoriy gazeta”, 4-“D” sinf o‘quvchilari “Eng bilimdon sinf” nominatsiyasi g‘olibi, 8-“D” sinf o‘quvchilari “Eng ijodkor sinf” nominatsiyasi g‘olibi kabi yutuqlarni qo‘lga kiritdilar va Yoshlar agentligi Yangiyo‘l tumani bo‘limining, Gulbahor MFYning va maktab ma’muriyatining estalik sovg‘alari, faxriy yorliqlari va badiiy kitoblar bilan taqdirlandilar.
Kitobxonlik haftaligi Yangiyo‘l tuman 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabining san’atkor o‘quvchilari guruhining “Kitobsevarlarni qutlaymiz” nomli konsert dasturi bilan yakunlandi.
Shoira YUSUPOVA, Yangiyo‘l tumani 1-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi