Konstitusiya — mening taqdirimda
Konstitusiya — mening taqdirimda
Yunusobod tumanidagi 265-maktabda kutubxona mudiri Malika Mirzayeva va boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari Ra’no Sharipova, Sojida Usvaliyeva tashabbusi bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi munosabati bilan “Konstitusiya — mening taqdirimda” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazishdi.
Tadbir davomida tadbirga taklif etilgan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologi kapitan Janiyeva Nilufar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi xuquqiy me’yorlarga tayangan qonunlar majmuasi bo‘lib, unda muqaddas ona tilimiz Vatanimiz sarhadlari madaniyati mustaqil yurtimiz olib borayotgan odilona davlat siyosati har bir diyorimiz fuqarosining huquq va erkinliklari burchlari o‘z aksini topganligi, jumladan, Qomusimizda O‘zbekiston suveren davlatligi davlatning O‘zbekiston Respublikasi va O‘zbekiston degan nomlari bir ma’noni anglatishi davlat xokimiyatini tashkil etishda qonuniylik prinsipiga qat’iy amal qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ustunligi so‘zsiz tan olinishi Konstitusiya 1992-yil 8-dekabrda Respublika Oliy Majlisi 12-chaqiriq 11-sessiyasida qabul qilinganligi 6 bob 26 bo‘lim 128 moddadan iborat bo‘lib ularning barchasida adolat ustivorligi ya’ni Respublikasimiz fuqarolarining o‘smirlarning va kichik yoshdagi bolajonlarning huquq va burchlari aniq belgilanganligi haqida ma’lumotlar aytib o‘tdi.
Huquq va tarix o‘qituvchisi Otabek Orziyev konstitusiya moddalari haqida tushuncha berib qiziqarli viktorina o‘yinlarini o‘tkazdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilar tomonidan konstitusiya haqidagi she’rlar ifodali ayttirildi va musiqiy chiqishlar namoyish etildi.
Malikа MIRZAYEVA,
265-maktab kutubxonachisi