KORREKSION RIVOJLANUVCHI DARS – ZAMONAVIY DARS
Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 52-sonli maktabda “Korreksion rivojlanuvchi dars – zamonaviy dars" mavzusida pedagogik kengash bo‘lib o‘tdi.
Pedagogik kengashda maktabning barcha o‘qituvchilar ishtirok etdi.
1-chorak yakuni bo‘yicha barcha o‘qituvchilar reytingi aniqlanib 3 guruhga bo‘lindi.
Mezonlar faoliyat samaradorligi, shaxsiy fazilatlar, o‘qituvchlik kasbini targ‘ib qilish, o‘qitishda innovatsion ta'lim usullaridan foydalanildi.
Metod birlashma raislariga fanlar doirasida o‘qituvchilarning erishgan yutuqlari, ko‘rgazmali qurollari, innovatsion texnologiyalar bilan foydanish darajasi, darsni tashkil etish mahorati, korreksion ishlarni olib borishi, dars o‘tish mahorati, tahlil va taqdimot tayyorlandi.