BAYROG‘IMIZ – FAXRIMIZ

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 207-maktabda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda 10-"B"- sinf o‘quvchilari o‘rtasida davlat bayrog‘ining jamiyatni birlashtirishdagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar va she’rlari tinglandi. Shuningdek, bag‘rikenglik haftaligi doirasida milliy liboslar hamda suratlar tanlovi ham o‘tkazildi.
Tanlovda o‘quvchilar o‘zlari chizgan rasmlar hamda tikkan liboslarining ko‘rgazmasini tashkil qilishdi.
Tadbirda yangragan kuy-qo‘shiq va raqslar yig‘ilganlar ko‘ngliga bir olam zavq-shavq ulashdi. Marosim so‘ngida a’lo baholarga o‘qiydigan o‘quvchilar va pedagogik faoliyatdagi faolligi uchun bir guruh o‘qituvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlanishdi.
Gʻofur JABIYEV,
Maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi