MURABIYNING GʻOLIB SHOGIRDLARI

MURABIYNING GʻOLIB SHOGIRDLARI
Yunusobod tumanidagi 260-maktabning jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Niyozova Dilfuza sportning karate turi bo'yicha O‘zbekiston va Osiyo chempioni, basketbol va karate murabbiyi, xalqaro toifadagi sport ustasi, referi.
U 15 yildan beri sportga qiziquvchi bolalar bilan shug‘ullanib kelmoqda. "Besh tashabbus” sport o‘yinlari turida Strit bol bo'yicha o'tkazilgan turnirda 7-8-sinf o‘rtasida shogird qizlari 2- o‘rinni olishdi.
9–11-sinf o'quvchilari esa “YOSHLIK” turnirida tuman va shaharda birinchi o‘rinni egallashdi.
Xalqaro maktablar o‘rtasida o‘tkazilgan “Internatsional school TIS” musobaqasida basketbol bo‘yicha birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishgan.
– 2000-yil Olmaliq shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada qatnashdik. Natijalar yomon emas, o‘z ustimizda qattiq ishladik, 2022-yil dekabrda bo‘lishi rejadashtirilayotgan musobaqadan umidimiz katta, – deydi Dilfuza Niyozova.
Dilfuza KAMOLJONOVA,
260-maktab targ'ibotchisi