MUSOBAQALASHISH IMKONIYATI VA MUSOBAQALASHISH FAOLIYATI SAMARADORLIGI
Harakat faoliyatining mazmuni, shu harakatlar amalga oshirilayotgan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda sportchilarni musobaqalarga tayyorlash vazifasi, shakli, usul, uslublari va mazmuni belgilab olinadi.
Musobaqalarga tayyorgarlikni tashkil etish vaqtida shu narsani hisobga olish kerakki, faqat musobaqalardagina sportchi o‘zining talabiga bo‘lgan qobiliyatini to‘la rivojlantirishi, o‘z kuch-g‘ayratini oxirigacha safarbar qilishi va ulardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishi, o‘z his-tuyg‘ularini jilovlay olishi va hatto o‘z imkoniyatlaridan ham yuqori ko‘tarilishi mumkin. Musobaqalarda imkoniyatlardan mumkin qadar to‘laroq foydalaniladi. Bu esa organizmni va o‘rtacha og‘irlikni yana ham samaraliroq vaziyatiga keltira olgan sportchining musobaqalashish imkoniyati yuqoriroq bo‘ladi.
Musobaqalashish imkoniyati – bu musobaqa ishtirokchisining musobaqani borishini uni muvaffaqiyatga erishish uchun lozim bulgan tomonga qarab o‘zgartirishga bo‘lgan qobiliyatidir.
Bunday qobiliyat qanchalik yuqori bo‘lsa, alohida olingan har bir vaziyatda va umuman butun musobaqalarda muvaffaqiyatlarga erishish imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi.
Sportchining musobaqalashish imkoniyati kattaligi uning axloqiy – irodaviy sifatlari qay darajada mukammal ekanligi, u eng to‘g‘ri taktik qarorlar qabul qilishga qanchalik qodir ekanligi, harakat ko‘nikmalari va malakalarini qay darajada takomillashtirib borishi, harakat qilish qobiliyatlarining rivojlanish darajasi, sport anjomlarining sifatli joylashtirilishi, alohida olin-gan har bir musobaqalashish vaziyatida elementlarning bir-birigamuvofiq kelishi bilan belgilanadi.
Musobaqalashish imkoniyatini amalga oshirish samaradorligi musobaqalashish faoliyatida quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi.
– niqoblanish sharoitida hamda raqibni aldash harakatlarini bajarishda axborotni to‘g‘ri idrok eta bilish;
– fazo-vaqt tushunchasida cheklanish va tanqislik sharoitida axborotlarni o‘z vaqtida qayta ishlab, bir qarorga kelish;
– raqib bilan faol tarzda qarama-qarshi kurashga kirishilgan hamda ko‘p hollarda bu kurash noqulay tashqi muhit sharoitida olib borilgan vaqtlarda qabul qilingan qarorlarni muvaffaqiyatli ravishda turmushga tatbiq eta bilish.
Musobaqalashish vaziyati u yoki bu sporchi foydasiga yoki uning darajasiga qarab o‘zgarishi sportchilarning o‘z musoba-qalashish imkoniyatidan nechog‘lik samarali foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Basharti sportchi o‘zi uchun muvaffaqiyatli bo‘lgan vaziyatdan foydalana olmay qolsa, demak u musobaqalarda samarali foydalanish imkoniyatini ham boy bergan bo‘ladi.
Barno XOSHIMOVA,
Nurafshon shahridagi 4-maktab o‘qituvchisi